O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Dam olish kunlari O‘zbekistonning qator hududlarida yomg‘ir yog‘adi

Dam olish kunlari O‘zbekistonning qator hududlarida yomg‘ir yog‘adi

Dam olish kunlari O‘zbekistonning markaziy viloyatlarida yomg‘ir va momaqaldiroq kutilmoqda. Tog‘li hududlarda sel va qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi.

Hafta oxirida respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida nam havo oqimi hukmronlik qiladi. Shanba kuni Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida, shuningdek, Farg‘ona vodiysida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Respublika bo‘yicha havo harorati +20…+25 daraja atrofida bo‘ladi.

Yakshanba kuni ham ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘irlar davom etadi. Shimoliy va janubiy tumanlarda shamol tezligi soniyasiga 18 metrgacha kuchayishi mumkin. Mutaxassislar tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchilarni sel-suv toshqinlari hamda qor ko‘chkisi xavfidan ogohlantirmoqda.

Poytaxtda shanba kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, harorat +21 darajagacha ko‘tariladi. Yakshanba kuni esa yog‘ingarchilik asosan tunda va ertalab kuzatiladi, kunning ikkinchi yarmida havo ochiq bo‘lib, harorat +24 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish