В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati pasayishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati pasayishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Dam olish kunlari O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi. Issiq havodan so‘ng momoqaldiroqli yomg‘irlar va haroratning pasayishi kutilmoqda.

Kunduzi harorat +34…+37 darajagacha ko‘tariladi, janubiy hududlarda esa +39 darajagacha issiq bo‘lishi mumkin. Faqatgina shimoliy-g‘arbiy tumanlarda nisbatan salqinroq, ya’ni +28…+33 daraja atrofida bo‘ladi.

9-may kuni aksariyat hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momoqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Havo harorati biroz pasayib, +28…+33 darajani tashkil etadi. Respublika bo‘ylab shamol tezligi soniyasiga 15–20 metrgacha, ayrim joylarda esa 25 metrgacha kuchayib, chang-to‘zonlar ko‘tarilishi kutilmoqda.

10-may, yakshanba kuni mamlakatimizning katta qismida yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda kuchli yog‘ingarchilik va momoqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.

Havo sezilarli darajada salqinlashib, kunduzi harorat +20…+25 darajadan oshmaydi. 11-may kuni Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida yomg‘irlar davom etadi, boshqa hududlarda esa yog‘ingarchilik to‘xtab, harorat 2–3 darajaga ko‘tariladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel kelish xavfi mavjudligi haqida ogohlantirilmoqda.

Toshkent shahrida 8–9-may kunlari havo issiq va quruq bo‘ladi, biroq yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ib, harorat +20…+22 darajagacha tushadi. Dushanba kuni poytaxtda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzgi harorat esa +23…+25 daraja atrofida bo‘ladi.