So‘nggi:
Markaziy bank murojaatlar bo‘yicha eng salbiy ko‘rsatkichga ega 10 ta bankni e’lon qildiJamiyatToshkentda shahar telefoni bahonasida aldangan nafaqaxo‘r ayol 370 mln so‘mini firibgarlarga topshirib qo‘yishiga bir bahoya qoldiJamiyatO‘zbekistonliklar AQSh qishloq xo‘jaligiga H-2A vizasi bo‘yicha mavsumiy ishga jalb etiladiJamiyatUrganchda BYD Chazor haydovchisi janjal sabab bir nechta mashinani qasddan urib pachoqladiJamiyatToshkent kelin kuyovdan katta bo‘lgan nikohlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘ldiJamiyat2028-yildan O‘zbekistonda ro‘yxatga olinmagan hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish taqiqlanadiJamiyatMahallalar uyushmasi Shahrisabzdagi holatga munosabat bildirdiJamiyatToshkentda intim fotosuratlarni tarqatish bilan tahdid qilgan 31 yoshli tovlamachi ushlandiJamiyatYo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga oid qonun Senatga yuborildiSiyosatPentagon qurol sinovlari bo‘yicha 25 yillik ochiq hisobotlarni yashirdiDunyo

Buxoroda hindistonlik talaba kursdosh qizini o‘ldirganlikda ayblanmoqda

Buxoroda hindistonlik talaba kursdosh qizini o‘ldirganlikda ayblanmoqda

Buxoro davlat tibbiyot institutida tahsil olgan hindistonlik 22 yoshli talaba qizning qotilligi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan, surishtiruvga Hindiston tomoni ham qo‘shildi.

O‘zbekiston huquq tartibot idoralari Buxoro davlat tibbiyot institutida tahsil olgan Hindistonning Kerala shtatidan bo‘lgan 22 yoshli talaba qizning o‘ldirilishi yuzasidan tergov harakatlarini olib bormoqda. Tergovning dastlabki talqiniga ko‘ra, fojia o‘zaro janjal oqibatida kelib chiqqan: Hindistonning Malappuram okrugida tug‘ilgan gumonlanuvchi (marhumaning vatandoshi) qizga noutbuk bilan o‘limga olib keluvchi zarba bergan. Hozirda u hibsga olingan.

Marhumaning jasadi Hindistonga olib borilgach, Kerala shtatida takroriy sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazildi. Qizning qarindoshlari uning tanasida ko‘plab jarohatlar aniqlanganini aytib, o‘lim htmlati bo‘yicha har tomonlama va shaffof surishtiruv o‘tkazishni talab qilmoqdalar. Shuningdek, oila a’zolarining da’vo qilishicha, qiz o‘limidan oldin qiynoqlarga solingan, qo‘lga olingan yigit esa uni dinini o‘zgartirishga majburlab, muntazam ravishda tazyiq o‘tkazib kelgan.

Hindiston huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lum qilishicha, mamlakat milliy qonunchiligi xorijda o‘z fuqarolariga nisbatan sodir etilgan jinoyatlarni mustaqil ravishda tergov qilish huquqini beradi.

Agar gumonlanuvchi O‘zbekistonda jinoiy javobgarlikka tortilib, sud qilinsa, Hindistondagi jinoiy ish ishlab chiqarishdan tugatilishi mumkin. Aks holda, tergov jarayonlari O‘zbekiston huquq tartibot idoralari bilan koordinatsiya qilingan holda, Hindistonning Toshkentdagi elchixonasi va Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida davom ettiriladi. Hozirda talaba qizning o‘limi yuzasidan tergov harakatlari har ikki davlatda ham olib borilmoqda.