So‘nggi:
Shavkat Mirziyoyev Jahon chempionatida ishtirok etgan futbolchilarni tanqid qilmaslikka chaqirdiJamiyatPrezident Olimpiya shaharchasida million dollarlik startaplar va antidron loyihalari bilan tanishdiSiyosatO‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga jami 4,6 mln dollar atrofida mablag‘ sarflandiJamiyatBuvayda tumanida 9,5 ming dollar pora olgan ekologiya inspektori qo‘lga olindiJamiyatO‘zbekiston aholisi 39 million nafardan oshdi — aholini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalariJamiyatToshkent xalqaro aeroportida AiRO bojxonachi roboti ishga tushirildiJamiyatYevropada o‘ta anomal jazirama oqibatida 1300 dan ortiq kishi halok bo‘ldiDunyoVladimir Putin Ukrainaning zarbalari ortidan Rossiyada yonilg‘i tanqisligi yuzaga kelganini tan oldiDunyoToshkent ko‘chalarida piyodalar xavfsizligini ta’minlovchi AQSHning texnologiyasi sinovdan o‘tkazilmoqdaJamiyatQozog‘iston va Qirg‘iziston elchixonalar ochish uchun bir-biriga 49 yilga yer ajratadiDunyo

Buvayda tumanida 9,5 ming dollar pora olgan ekologiya inspektori qo‘lga olindi

Buvayda tumanida 9,5 ming dollar pora olgan ekologiya inspektori qo‘lga olindi

Buvayda tumani ekologiya inspektori 4 gektar maydondagi daraxtlarni kesishga sharoit yaratish evaziga pora olayotganda ushlandi. U avvalroq hokim o‘rinbosari tomonidan kaltaklangandi.

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tuman ekologiya bo‘limi mas’ul xodimi yirik miqdorda pora olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Viloyat IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ekologiya inspektori tuman hududidagi tabiiy resurslarni noqonuniy yo‘q qilish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxslarga jinoiy homiylik taklif qilgan.

Aniqlanishicha, ekolog tumanining “Arab” mahallasi hududida joylashgan 4 gektar maydondagi yovvoyi holda o‘suvchi daraxtlarni kesish hamda qumloq maydonlarni tekislash ishlari bo‘yicha ko‘z yumish (biron-bir chora ko‘rmaslik) evaziga fuqarodan 10 ming AQSH dollari talab qilgan. Ushbu pul evaziga u bir yil davomida tuman ekologiya bo‘limi tomonidan hech qanday tekshiruv va bayonnomalar rasmiylashtirilmasligini va’da qilgan.

Maxsus operatsiya davomida ekologiya inspektori hamda unga sheriklik qilgan vositachi talab qilingan puldan 9500 AQSH dollarini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi. Vositachining avtomobili ko‘zdan kechirilganda, salondan tashqi ko‘rinishidan giyohvandlik moddasiga o‘xshash shubhali vositalar ham topilib, ekspertizaga topshirildi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firgarlik) va 211-moddasi (Pora berish, guruh bo‘lib suiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlandi.

E’tiborli jihati shundaki, ushbu qo‘lga olingan inspektor o‘tgan yili OAV markaziga tushgan edi. 2025-yilning noyabr oyida Buvayda tumani hokimi o‘rinbosari aynan mana shu ekologiya inspektoriga nisbatan kuch ishlatib, uni kaltaklagan edi. O‘sha paytdagi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ziddiyat inspektorning noqonuniy daraxt kesilishini to‘xtatib, qoidabuzarlarga nisbatan chora ko‘rmoqchi bo‘lgani ortidan kelib chiqqan edi.