So‘nggi:
Olti oyda 18 nafar IIV xodimi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etdiJamiyatQashqadaryoda tulki bolasi tirnagan erkak vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda pensiyalar miqdori oshishi mumkin: to‘lovlar yangicha hisoblanadiIqtisodiyotXususiy ta’lim maskanlarida ovozli kameralar o‘rnatish majburiy bo‘ldiJamiyatToshkent viloyatida bog‘cha bolalari ommaviy zaharlangani yuzasidan 11 kishiga hukm o‘qildiJamiyatO‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildiJamiyatSurxondaryoda jazirama sabab og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandiJamiyatOld oynalar tonirovkasini arzonlashtirish rejalashtirilmayapti — YHXXJamiyatIV “Ravshan Zolotoy”ga nisbatan xalqaro qidiruv bekor qilinganining sababini ma’lum qildiJamiyatO‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildiJamiyat

Bekobodda Turkiyadan qaytgan onasini vahshiylarcha o‘ldirib, uyga o‘t qo‘ygan 19 yoshli yigitga hukm o‘qildi

Bekobodda Turkiyadan qaytgan onasini vahshiylarcha o‘ldirib, uyga o‘t qo‘ygan 19 yoshli yigitga hukm o‘qildi

Toshkent viloyatining Bekobod shahrida 19 yoshli yigit o‘z onasini pichoqlab, tiriklayin yoqib yuborgani uchun 18 yilga qamaldi. Qotillikka bemor chaqaloqning dorilariga pul berilmagani sabab bo‘lgan.

Mudhish voqea joriy yilning 10-fevralidan 11-fevraliga o‘tar kechasi Bekoboddagi “Birdamlik” mahallasida sodir bo‘lgan. Tonggi soat 4:30 larda Vatanparvar ko‘chasidagi xonadonlardan birida yong‘in chiqayotgani haqida qutqaruvchilarga xabar kelib tushgan. O‘t o‘chiruvchilar alanganing ichidan uy bekasining kuygan jasadini topishgan, uning ko‘krak qismiga oshxona pichog‘i sanchilgan holatda bo‘lgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, ayol pichoq zarbidan so‘ng darhol o‘lmagan. Uning tanasidagi 100 foizlik kuyish jarohatlari u hali tirik bo‘lgan vaqtda sodir bo‘lgani aniqlandi. Ya’ni, bag‘ritosh o‘g‘il onasini pichoqlab, u hali jon taslim qilmasdan turib uyga o‘t qo‘ygan.

Tergov jarayonida ma’lum bo‘lishicha, marhuma ayol 2018-yildan buyon Istanbulda enaga va xizmatchi bo‘lib ishlab kelgan hamda oilasiga har oy pul jo‘natib turgan. U Turkiyada o‘z shaxsiy hayotini yo‘lga qo‘yib, chet ellik erkakka turmushga chiqishni rejalashtirgan. 2025-yil dekabrida u Bekobodga qaytadi, ammo oila qayta tiklanmaydi.

Shu vaqt ichida uning 19 yoshli katta o‘g‘li shar’iy nikoh asosida yashab boshlagan va 3-fevral kuni uning og‘ir xastalik bilan farzandi dunyoga keladi. Chaqaloqning dori-darmonlariga kuniga qariyb 2 million so‘m pul kerak bo‘lgan. Tayyinli daromadi bo‘lmagan yosh ota onasidan bir necha bor pul so‘raydi, biroq rad javobini oladi.

11-fevralga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan navbatdagi dahanaki jang paytida ona o‘g‘illari va eri uning turkiyalik qaylig‘ining «tirnog‘iga ham arziymasligini» aytadi. G‘azab otiga mingan yigit stoldagi pichoq bilan onasining qorniga ikki marta uradi. Ayol yiqilib, suv so‘raganida, o‘g‘il: «Suvni senga turkiyalik ering beradi», deb uning ko‘kragiga halokatli zarbani yo‘llaydi.

Jinoyat izlarini yashirish va jazo Yigit jinoyatni yashirish uchun yotoqxonadagi 2 million so‘m pulni olib, divanga o‘t qo‘yadi va darvozani qulflab, taksida Toshkentga qochib ketadi. Poytaxtdagi tug‘ruqxonaga borib, pulning bir qismini qaynonasiga dori uchun beradi va mehmonxonaga joylashadi. Bir necha soatdan keyin u tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olingan.

Sudda yigit aybiga to‘liq iqror bo‘ldi va buni chorasizlik hamda go‘dagining hayotini saqlab qolish istagi bilan izohladi. Sud sudlanuvchining yoshini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini va qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandi borligini inobatga olib, uni 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qildi. Jazo umumiy tartibli koloniyada o‘taladi.