Toshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosat

O‘zbekistonda qonunlardagi “svetofor”, “avans” va “parol” kabi atamalar o‘zbekcha muqobillariga almashtiriladi

O‘zbekistonda qonunlardagi “svetofor”, “avans” va “parol” kabi atamalar o‘zbekcha muqobillariga almashtiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qonunchilik hujjatlaridagi qator xorijiy atamalarni o‘zbekcha muqobillariga almashtirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi.

Mazkur hujjatga ko‘ra, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar matnida keng qo‘llanilib kelayotgan bir qator chet eliy atamalar va o‘zlashma so‘zlar ularning o‘zbek tilidagi rasmiy muqobillariga o‘zgartiriladi.

Yangi qonun loyihasi doirasida huquqiy va iqtisodiy hujjatlardagi “avans” so‘zi “bўnak”ga, “marshrut” atamasi “yo‘nalish”ga, kundalik hayotda faol ishlatiladigan “svetofor” so‘zi esa “yo‘lchiroq” atamasiga almashtirilishi belgilandi. Shuningdek, qonunchilik matnlarida quyidagi xorijiy o‘zlashma so‘zlarning ham o‘zbekcha muqobillari o‘llaniladi:

  • “markirovka” — “tamg‘alash”;

  • “kovorking” — “ish markazi”;

  • “parol” — “o‘ron”;

  • “progressiv” — “ilg‘or”.

Ta’kidlanishicha, ushbu o‘zgarishlar faqatgina rasmiy hujjatlar, qonunlar va davlat boshqaruvi matnlariga tegishli bo‘lib, sohadagi huquqiy tushunchalarni xalqchil va tushunarli tilda bayon etishga xizmat qiladi. Qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida tilshunos olimlar va Termonologiya komissiyasi ekspertlari ishtirokida qo‘shimcha muhokamalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.