Toshkentda shaxsni aniqlaydigan SI-dronlari ishga tushirildiJamiyatCentrum Air «Samara — Toshkent» reysidan blogerning tushirib qoldirilishiga munosabat bildirdiJamiyatAQSh vaboning tarqalishi sababli o‘z fuqarolarini Rossiyani zudlik bilan tark etishga chaqirdiDunyoToshkentda ToshDTUning yangi DXSh yotoqxonasidan 300 ga yaqin talaba chiqarib yuborildiJamiyatToshkentda tunda issiq suv bosimi va harorati vaqtincha pasaytiriladi — hududlar ro‘yxatiJamiyatToshkentda erkak voyaga yetmagan qiz bilan shar’iy nikohdan o‘tib, uni zo‘rlab kelgani aniqlandiJamiyatAndijonda firibgarlik uchun sudlangan shaxs uyida soxta pul yasash bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandiJamiyatO‘zbekistonliklar yangi viza sabab Tailandga chipta sotib olmay qo‘ydiJamiyatUzAuto Motors banklarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lib to‘lashga Chevrolet Cobalt va Damas sotuvini yo‘lga qo‘ydiJamiyatToshkentdagi kompyuter klubi yerto‘lasida maymun saqlanayotgani aniqlandiJamiyat

AQSh vaboning tarqalishi sababli o‘z fuqarolarini Rossiyani zudlik bilan tark etishga chaqirdi

AQSh vaboning tarqalishi sababli o‘z fuqarolarini Rossiyani zudlik bilan tark etishga chaqirdi

AQShning Moskvadagi elchixonasi Irkutskdagi vabo institutida xodim vafot etgani sababli o‘z fuqarolarini Rossiyadan zudlik bilan tark etishga chaqiruvchi favqulodda ogohlantirish berdi.

Diplomatik missiyaning favqulodda ogohlantirishi

AQShning Moskvadagi elchixonasi rasmiy tibbiy ogohlantirish (Health Alert) e’lon qilib, Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lib turgan barcha Amerika fuqarolarini mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi. Favqulodda murojaatga Sibirda o‘pka vabosi tarqalgani haqidagi xabarlar sabab bo‘ldi.

Amerika diplomatlari Irkutsk shahridagi Rossiya Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish xizmatining «Sibir va Uzoq Sharq o‘latga qarshi ilmiy-tadqiqot instituti»ning 28 yoshli xodimi vafot etganidan so‘ng vaziyatni kuzata boshladi. Mintaqaviy OAV va ijtimoiy tarmoqlarda laboratoriya xodimi biologik materiallar bilan ishlash vaqtida xavfli infeksiyani yuqtirib olgani, shundan so‘ng Irkutskda karantin joriy etilib, bir nechta tibbiyot muassasalari dezinfeksiya uchun yopilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Rasmiy organlar munosabati va Vashington reaksiyasi

Rossiya sanitariya xizmatlari o‘pka vabosi versiyasini rad etmoqda. Mas’ullarning ta’kidlashicha, yosh ayolning o‘limiga kelib chiqishi aniqlanmagan og‘ir pnevmoniya sabab bo‘lgan, laboratoriya testlari esa vabo qo‘zg‘atuvchisini (Yersinia pestis) aniqlamagan. Vafot etgan xodim bilan muloqotda bo‘lgan 189 kishi tibbiy nazoratga olingan, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ularda kasallik belgilari topilmadi.

Rossiya idoralarining bayonotlariga qaramay, AQSh davlat kotibi Marko Rubio Rossiya tomonidan hodisa haqida to‘liq va xolis ma’lumot berilishini talab qildi. Davlat departamenti biologik xavfsizlik masalalarida shaffoflikning yo‘qligi xorijiy fuqarolar hayoti va salomatligiga bevosita xavf tug‘dirishini ta’kidladi.

Himoya vositalariga bo‘lgan keskin talab

AQSh elchixonasining favqulodda ogohlantirishi va Sibirdan kelgan xabarlar Rossiya hududlarida sarosimaga sabab bo‘ldi. Onlayn do‘konlarda shaxsiy himoya vositalariga bo‘lgan talab keskin oshdi. Yuqori darajadagi respiratorlar (FFP3) savdosi deyarli ikki baravarga ko‘paydi, maxsus o‘latga qarshi kostyumlar va tibbiy niqoblar bo‘yicha qidiruvlar soni o‘nlarcha baravarga ortdi.

AQSh elchixonasining o‘z fuqarolari uchun eslatmalari va tavsiyalari:

  • Zudlik bilan chiqib ketish talabi: AQSh fuqarolariga uchinchi davlatlar orqali muntazam tijorat reyslari mavjud bo‘lib turganda Rossiya hududini zudlik bilan tark etish tavsiya etiladi.

  • Level 4 (Do Not Travel) maqomi: Rossiya uchun саfar qilishning eng yuqori xavf darajasi saqlanib qolmoqda. Mamlakatga tashrif buyurishni rejalashtirgan shaxslarga har qanday safarlarni bekor qilish qat’iy maslahat beriladi.

  • Konsullik yordamining cheklanganligi: AQSh diplomatik vakolatxonalarining Rossiyadagi o‘z fuqarolariga shoshilinch va konsullik yordami ko‘rsatish imkoniyatlari juda cheklangan, Moskvadan tashqarida esa deyarli mavjud emas.

  • Qo‘shimcha xavf-xatarlar: Diplomatlar epidemiologik xavflardan tashqari, RF hududida asossiz ushlab turish, noqonuniy hibsga olish va mahalliy huquq-tartibot organlari tomonidan tazyiq o‘tkazish xavfi yuqori ekanligini eslatib o‘tadi.

  • Simptomlar kuzatilganda ehtiyot choralari: Hozircha mamlakatni tark eta olmayotgan shaxslarga odamlar gavjum joylardan qochish, salomatligini kuzatib borish va isitma, yo‘tal yoki nafas qisishi paydo bo‘lganda zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilish tavsiya etiladi.