В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

Andijonda ayol to‘rt egizakni dunyoga keltirdi

Andijon viloyatida Dildoraxon Ahmedova to‘rt egizak — uch qiz va bir o‘g‘ilni dunyoga keltirdi. Tug‘ruq kesarcha kesish amaliyoti orqali muvaffaqiyatli amalga oshirildi, ona va chaqaloqlar shifokorlar nazoratida.

Ayol 20-avgust kuni ko‘p homiladorlik tashxisi bilan Respublika ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon viloyat filialiga yotqizilgan edi. Bugun ertalab malakali shifokorlar jamoasi — akusher-ginekologlar, neonatologlar va reanimatologlar tomonidan kesarcha kesish amaliyoti o‘tkazildi.

Dunyoga kelgan chaqaloqlarning uch nafari qiz va bir nafari o‘g‘il bola:

  • Birinchi chaqaloq — qiz bola, vazni 1 840 gramm;

  • Ikkinchi chaqaloq — o‘g‘il bola, vazni 1 534 gramm;

  • Uchinchi chaqaloq — qiz bola, vazni 1 584 gramm;

  • To‘rtinchi chaqaloq — qiz bola, vazni 1 756 gramm.

Hozirda barcha chaqaloqlar hamda ularning onasi markazning malakali mutaxassislari doimiy tibbiy nazorati ostida bo‘lib turibdi, ularning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.