So‘nggi:
O‘zbekistonda pensiyalar miqdori oshishi mumkin: to‘lovlar yangicha hisoblanadiIqtisodiyotXususiy ta’lim maskanlarida ovozli kameralar o‘rnatish majburiy bo‘ldiJamiyatToshkent viloyatida bog‘cha bolalari ommaviy zaharlangani yuzasidan 11 kishiga hukm o‘qildiJamiyatO‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildiJamiyatSurxondaryoda jazirama sabab og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandiJamiyatOld oynalar tonirovkasini arzonlashtirish rejalashtirilmayapti — YHXXJamiyatIV “Ravshan Zolotoy”ga nisbatan xalqaro qidiruv bekor qilinganining sababini ma’lum qildiJamiyatO‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildiJamiyatFarg‘onada bukmekerlik hisobini to‘ldirgan fuqaroning telefoni olib qo‘yildiJamiyatSog‘liqni saqlash vazirligi anomal issiq sababli aholiga tavsiyalar berdiJamiyat

“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchisi YTHda vafot etdi

“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchisi YTHda vafot etdi

Andijon viloyatining Asaka tumanida maktab o‘quvchilari ishtirokida odam o‘limi bilan bog‘liq mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Fojia o‘quvchilar “Andijon polkasi” ommaviy madaniy tadbiriga ketayotgan vaqtda yuz bergan.

Ushbu xabar dastlab viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning Instagram’dagi sahifasida qoldirilgan izohlar orqali tarqaldi, keyinchalik viloyat UBDD matbuot xizmati holatni tasdiqladi.

Huquq-tartibot idoralari taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, avariya 23-iyun kuni ro‘y bergan. Asaka tumani xalq ta’limi bo‘limi tomonidan Andijon shahridagi tayyorgarlik jarayonlariga jalb qilingan 14-maktab o‘quvchilari uchun maxsus avtobus ajratilgan. Ammo bir guruh o‘quvchilar belgilangan tartibga rioya qilmay, o‘zboshimchalik bilan Damas mashinasida yo‘lga chiqqan.

Yo‘lda yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir bo‘lishi oqibatida o‘quvchilar og‘ir jarohatlar olib, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan. Shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay, maktab o‘quvchilaridan biri hayotdan ko‘z yumdi. Rasmiy axborotda qolgan bolalarning ahvoli ayni damda yaxshi ekani bildirilgan. Hozirda Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq viloyat hokimligi “Turkiy dunyo madaniy poytaxti — 2026” xalqaro tadbiri doirasida “Andijon polkasi” raqsi bir vaqtning o‘zida 20 ming kishi tomonidan ijro etilib, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilganini e’lon qilgan edi. Hokimlik tomonidan taqdim etilgan bayram suratlarida rekord o‘rnatish jarayonida ko‘plab yosh bolalar ham ishtirok etganini ko‘rish mumkin.