Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Advokatlarning SIZOda uchrashuv vaqtiga cheklov bekor qilindi

Advokatlarning SIZOda uchrashuv vaqtiga cheklov bekor qilindi

O‘zbekistonda advokatlarning SIZOda uchrashuv vaqtiga cheklov bekor qilindi. 17-avgustdan e’tiboran uchrashuvlar E-advokat va Qal’a tizimi orqali elektron navbat bo‘yicha o‘tkaziladi.

Elektron integratsiya va yangi qoidalar

17-avgustdan e’tiboran O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining muassasalarida advokatlarning himoyasidagi shaxslar bilan uchrashuvlarini tashkil etishning yangi tartibi kuchga kiradi. Endilikda suhbatlar elektron navbat asosida o‘tkaziladi, advokat va uning himoyasidagi shaxs o‘rtasidagi muloqot davomiyligini cheklash esa qat’iyan taqiqlanadi.

Tegishli vaqtinchalik nizom 14-avgust kuni Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i Azizxon Umarxonov hamda Advokatlar palatasi raisi Shuxrat Sadikov tomonidan imzolangan. Yangi tizim Advokatlar palatasining E-advokat.uz va departamentning «Qal’a» markazlashtirilgan axborot tizimlari integratsiyasi asosida ishlaydi hamda QR-kodli maxsus elektron ruxsatnomalarni avtomatik shakllantiradi.

Uchrashuvlarni tashkil etishning 3 ta formati

Yangi tartibga ko‘ra, advokatlar uchun uch xil ko‘rinishdagi uchrashuv imkoniyati yaratiladi:

  • Masofaviy elektron navbat: Advokat muassasaga bormasdan turib, 7 kun oldin uchrashuv kuni va vaqtini tizim orqali band qilishi mumkin.

  • Muassasaning o‘zida ro‘yxatdan o‘tish: Tergov hibsxonalari kirish qismida sensorli terminallar o‘rnatilib, advokat Face ID orqali ro‘yxatdan o‘tadi. Bir navbat doirasida ikki nafar shaxs bilan uchrashuv o‘tkazishga ruxsat beriladi.

  • Shoshilinch uchrashuv: Protsessual muddatlar yoki kechiktirib bo‘lmaydigan tergov va sud harakatlari zarurati tug‘ilganda tashkil etiladi. Ishdan tashqari vaqtlarda hamda dam olish kunlari maxsus panel orqali 24/7 rejimida ariza topshirish mumkin.

Mas’uliyat va intizomiy choralar

Yangi qoidalarga ko‘ra, muassasalarda bo‘sh xonalar haqidagi ma’lumotlarni tizimda asosiz yashirgan xodimlarga intizomiy choralar ko‘riladi. Advokat faoliyatiga to‘sqinlik qilgan yoki qo‘pol munosabatda bo‘lgan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi.

O‘z navbatida, advokat tomonidan taqiqlangan buyumlarni olib kirish, xat-xabarlarni olib chiqish yoki telefon so‘zlashuvini tashkil etish ichki tartibni qo‘pol ravishda buzish deb baholanadi va bunday hollarda uchrashuv zudlik bilan to‘xtatiladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish