So‘nggi:
Yevro banknotlarining yangi dizayn variantlari namoyish etildiDunyoBangladesh prezidenti xastalik sabab muddatidan ikki yil avval iste’foga chiqdiDunyo«Manchester Siti» Abduqodir Xusanov bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdiSportQashqadaryoda itni avtomobilga bog‘lab sudragan haydovchiga nisbatan ish sudga oshirildiJamiyatToshkent viloyatida Lacetti daraxtga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldiJamiyatMarkaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda — BMTDunyoO‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyatO‘rnatilgandan so‘ng: quyosh panellarining qimmatbaho uskunalarini qanday himoya qilish mumkinJamiyatToshkentning Yakkasaroy tumanida Kichik halqa yo‘li 40 kunga qisman yopiladiJamiyat

Afg‘onistonda har oy o‘rtacha 40 nafar bola portlamay qolgan snaryadlar qurboniga aylamoqda

Afg‘onistonda har oy o‘rtacha 40 nafar bola portlamay qolgan snaryadlar qurboniga aylamoqda

Afg‘onistonda har oy 40 nafar bola portlamay qolgan snaryadlar qurboni bo‘lmoqda, ularning 80 foizi bolalardir. BMT hududlarni tozalash uchun mablag‘ so‘radi.

Afg‘onistonda 40 yillik qurolli to‘qnashuvlarning ayanchli merosi hamon insonlar hayotiga zomin bo‘lmoqda. BMTning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi (UNAMA) ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda har oy o‘rtacha 50 kishi portlamay qolgan jangovar o‘q-dorilar qurboni bo‘ladi. Eng mudhishi shundaki, qurbonlarning mutlaq ko‘pchiligi, ya’ni 80 foizga yaqini vaziyatdan bexabar holda xavfli buyumlarga duch kelgan bolalardir.

Hozirda 1000 kvadrat kilometrdan ortiq maydon minalar va snaryadlar bilan zararlangan bo‘lib, 3 millionga yaqin afg‘onistonlik bevosita xavfli hududlar yaqinida istiqomat qiladi. Infratuzilma ob’ektlari ham jiddiy tahdid ostida: 900 ga yaqin maktab va 200 dan ortiq shifoxona potentsial portlash xavfi bo‘lgan zonalardan bor-yo‘g‘i bir kilometr radiusda joylashgan. Bu esa kundalik hayotning har bir qadami fojiaga aylanishi mumkinligini anglatadi.

BMTning minalardan tozalash xizmati (UNMAS) xalqaro hamjamiyatni ushbu muammoni hal qilish uchun moliyaviy yordamni tezlashtirishga chaqirmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hozirda mamlakatda xavfsizlik choralarining yaxshilangani va amaldagi hukumatning qo‘llab-quvvatlashi sababli sapyorlar uchun qulay ish sharoiti yuzaga kelgan. Yagona to‘siq — mablag‘ yetishmasligidir. Moliyalashtirish masalasi hal etilsa, minglab gektar yerlarni xavfdan tozalash va kelajak avlodni o‘lim tahdididan qutqarish imkoniyati paydo bo‘ladi.