O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Toshkent metropoliteni bir sutkalik yo‘lovchi tashish bo‘yicha absolyut rekordni yangiladi

Toshkent metropoliteni bir sutkalik yo‘lovchi tashish bo‘yicha absolyut rekordni yangiladi

Toshkent metrosi bir kunda 1 181 581 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatib, o‘z tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. Oktyabr oyida kunlik yo‘lovchilar soni 1,2 millionga yetishi kutilmoqda.

1 nafar yo‘lovchiga ko‘pdir. Kuzgi mavsum boshlanishi, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv yilining start olishi va poytaxtdagi ishbilarmonlik faolligining ortishi ortidan metroga tushadigan yuklama keskin oshdi. May oyida sutkalik ko‘rsatkich 1,11 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, oktyabr oyiga kelib kunlik yo‘lovchilar oqimi 1,2 million kishilik marrani zabt etishi kutilmoqda.

Infratuzilmani kengaytirish va poyezdlar parkini yangilash

Yo‘lovchilar oqimining bunday jadal o‘sishi poytaxt jamoat transports tizimini kompleks modernizatsiya qilish va poyezdlar parkini bosqichma-bosqich yangilash tufayli ta’minlanmoqda.

Tig‘iz vaqtlarda yo‘lovchilar tirbandligini kamaytirish hamda qatnov intervallarini qisqartirish maqsadida 2026-yilgi dastur doirasida xarid qilinishi rejalashtirilgan barcha 14 ta zamonaviy poyezd tarkibi to‘liq Toshkentga olib kelindi va yo‘nalishlarga chiqarildi.

Yangi harakatlanuvchi tarkiblarning foydalanishga topshirilishi, ayniqsa, Chilonzor va Yunusobod yo‘nalishlarida o‘tkazuvchanlik quvvatini oshirish hamda yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yangi bosqichga ko‘tarish imkonini bermoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish