O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Singapurda kuniga 15 daqiqa kitob o‘qiganlarga pul berila boshlandi

Singapurda kuniga 15 daqiqa kitob o‘qiganlarga pul berila boshlandi

Singapur hukumati ijtimoiy tarmoqlarga qaramlikka qarshi dastur boshladi. Kuniga 15 daqiqa kitob o‘qigan fuqarolarga virtual tangalar berilib, ular naqd pulga almashtiriladi.

Singapur hukumati ijtimoiy tarmoqlarga qaramlikni kamaytirish va axborot lentasini maqsadsiz varaqlashning oldini olish bo‘yicha yangi davlat dasturini ishga tushirdi. Sentabr oyidan boshlangan ushbu tashabbusga ko‘ra, kuniga kamida 15 daqiqa kitob o‘qigan fuqarolarga moliyaviy mukofot beriladi.

Jarayon hukumat veb-sayti orqali qayd etib boriladi: 15 daqiqalik mutolaa seansi uchun 20 ta virtual tanga berilib, 1000 ta tanga to‘plangach, ularni 1 Singapur dollariga (taxminan 9 200 so‘m) almashtirish mumkin. Dasturda kuniga faqat bitta o‘qish seansi hisobga olinadi.

Milliy kutubxona kengashi rahbari Melissa Tamning ta’kidlashicha, axborot va qisqa video kontentlar haddan tashqari ko‘paygan hozirgi davrda foydali odatlarni kichik harakatlar orqali shakllantirish muhimdir. Tashkilotchilar aholiga avtobusda, uxlashdan oldin yoki tushlik paytida kitob o‘qishni taklif qilmoqda. Ushbu loyiha hukumatning ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarga salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli siyosatining bir qismi bo‘lib, mamlakatda ijtimoiy platformalardan foydalanishga kunlik cheklovlar kiritish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Singapurda aholi o‘rtasida foydali odatlarni shakllantirish uchun moliyaviy rag‘batlantirishdan foydalanish ilgari ham qo‘llanilgan — avvalroq davlat kunlik qadamlar soni va jismoniy faollik uchun vaucherlar taqdim etgan edi. Qizig‘i shundaki, mamlakatda kitobxonlik darajasi shundoq ham yuqori: Singapurning 15 yoshli o‘quvchilari PISA-2025 xalqaro baholash dasturida o‘qish savodxonligi bo‘yicha Xitoy va Tayvanni ortda qoldirib, dunyoda birinchi o‘rinni egallagan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish