O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Toshkentda qishda muzlagan uylarni isitish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

Toshkentda qishda muzlagan uylarni isitish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

Qishda issiqlik yetarli bo‘lmagan ko‘p kvartirali uylarda Jahon banki ko‘magida kompleks energiya auditi o‘tkazilmoqda. Tizim uchun yangi isitish metodologiyasi ishlab chiqiladi.

Loyiha boshlanishi va obyektlarni saralab olish

Toshkent shahrida ko‘p kvartirali uylarning energiya samaradorligini oshirish va issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirish bo‘yicha Jahon banki bilan hamkorlikdagi amaliy tadbirlarning navbatdagi bosqichiga start berildi. Iyul oyi oxirida kelishilgan ushbu tashabbus doirasida poytaxt hokimining uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O.Muminov boshchiligida manzilli o‘rganishlar o‘tkazildi. Natijada o‘tgan issiqlik mavsumida belgilangan me’yoriy harorat darajasida isitilmagan hamda aholidan e’tirozlar tushgan ko‘p qavatli uylar alohida ro‘yxatga olindi.

Kompleks energiya auditini o‘tkazish tartibi

21-sentyabrdan boshlab ushbu uylarda Jahon banki mutaxassislari jalb qilingan holda kompleks energiya auditi o‘tkazilmoqda. Audit jarayonida xalqaro ekspertlar maxsus instrumental o‘lchov uskunalaridan foydalangan holda binolarning texnik holatini, tashqi devorlar, tom, yerto‘la, eshik va derazalarning issiqlik saqlash qobiliyatini, shuningdek, ichki isitish tizimlarining samaradorligini sinchiklab o‘rganmoqda. Ushbu tadbirlar har bir uydagi issiqlik yo‘qotilishining asosiy sabablarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq texnik yechimlarni ishlab chiqish imkonini beradi.

O‘rganishlar yakunlari bo‘yicha Toshkent shahridagi ko‘p kvartirali uylarni samarali isitish bo‘yicha yagona metodologiya yaratilishi ko‘zda tutilgan. Hujjat binolarni energiya samaradorligi nuqtayi nazaridan baholash, modernizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan obyektlarni aniqlash hamda tabiiy gaz va elektr energiyasidan oqilona foydalanish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni belgilashga xizmat qiladi. Eslatib o‘tamiz, bino va inshootlarning energiya iste’molini auditdan o‘tkazishning rasmiy tartibi Hukumat qarori bilan 2024-yilda tasdiqlangan edi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish