Ijtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyatSanepidqo‘mita meningit simptomlari va profilaktikasi bo‘yicha eslatma e’lon qildiJamiyat

Tinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayapti

Tinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayapti

VOZ Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun yana 5 ming tibbiyot xodimi va 1,6 ming o‘rin zarurligini ma’lum qildi. Kasallanganlar soni 6 mingdan oshdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) texnik mutaxassisi Luka Fontana Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) avj olayotgan Ebola epidemiyasiga qarshi samarali kurashish uchun mamlakatga qo‘shimcha ravishda 5 mingga yaqin tibbiyot xodimi zarurligini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar beradi.

JSST vakilining ta’kidlashicha, hozirda epidemiyaga qarshi kurashish maqsadida 59 ta davolash markazida 1,4 mingga yaqin o‘rin ajratilgan. Shunga qaramay, mavjud ehtiyojlarni qoplash uchun yana 1,6 mingta qo‘shimcha o‘rin tashkil etish talab etiladi. Rejalashtirilgan 3 mingta o‘ringa xizmat ko‘rsatish uchun umumiy hisobda 9 mingga yaqin tibbiyot xodimi kerak bo‘ladi, bu esa yana 5 ming kishini jalb etish hamda ularni tezkor o‘qitishni talab etadi.

Tibbiy markazlar tarmog‘ini kengaytirish jarayoni inson resurslaridan tashqari, gumanitar dasturlarni moliyalashtirish qisqargani sababli ham murakkablashmoqda. Zarur imkoniyat va tajribaga ega xalqaro tashkilotlar soni cheklangani bois tibbiy infratuzilmani zudlik bilan yo‘lga qo‘yishda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, KDRda Ebola epidemiyasi allaqachon oltita provinsiyaga tarqalib ulgurgan. Mamlakatda kasallikka chalinganlar soni 6 ming kishidan oshgan bo‘lsa, virus asoratlari oqibatida vafot etganlar soni 3,1 ming nafardan oshdi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish