MrBeast Samarqandga tashrif buyuradi va O‘zbekiston bo‘ylab sayohat uyushtiradiJamiyatRaqobat qo‘mitasi kredit bo‘yicha ortiqcha to‘lovlarni asosiy qarzdorlikni kamaytirishga yo‘naltirishni taklif etdiJamiyatSaudiya Arabistonidagi o‘zbekistonliklar aviareyslar kechikishidan ogohlantirildiJamiyatO‘zbekiston dunyoning eng qudratli mamlakatlari reytingida 71-o‘rinni egalladiJamiyatO‘zbekistonlik talabalar Google AI Plus obunasini bir yil davomida bepul qo‘lga kiritishlari mumkinJamiyatDam olish kunlari O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ib, harorat pasayishi kutilmoqdaJamiyatToshkentning ikki tumanida ta’mirlash sababli gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladiJamiyatSanjar Karimovga tayinlangan 5 yillik qamoq jazosi o‘zgarishsiz qoldirildiJamiyatO‘zbekiston Uzbek Seeds brendi ostida MDH bozoriga urug‘lik yetkazib berishni kengaytiradiJamiyatO‘zgidromet 9 ta viloyatda kuchli yomg‘ir va sel kelishi xavfidan ogohlantirdiJamiyat

Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi doirasida Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. Tomonlar hamkorlikning muhim yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va BMT o‘rtasida birgalikda rivojlantirilayotgan barcha ustuvor va strategik ahamiyatga ega hamkorlik yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda hududiy va global kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Xalqaro yetakchilik va O‘zbekistonga ko‘rsatilayotgan madad uchun minnatdorlik

Saida Mirziyoyeva xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda Antoniu Guterrishga kuchli global yetakchiligi hamda mamlakatimizni barcha hal qiluvchi xavfsizlik va taraqqiyot sohalarida har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston BMT maydonida qator muhim xalqaro tashabbuslarni, jumladan, Orolbo‘yi hududini rivojlantirish, ekologik barqarorlik, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va yoshlar imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan loyihalarni faol ilgari surishda davom etmoqda.