O‘zbekiston tarixdagi ilk UFC turnirini qabul qilishga tayyorlanmoqdaSportMarkaziy bank lotin alifbosidagi o‘zgarishlar sabab naqd pullarni almashtirish kerakmi yoki yo‘qligini tushuntirdiJamiyatO‘zLiDeP navbatdagi Kongressiga tayyorgarlik doirasida hududiy konferensiyalar o‘tkazilmoqdaSiyosatAbdumalik Nazirov O‘zbekiston energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandiSiyosatO‘zbekistonda hafta anomal +29 daraja issiq bilan boshlanadiJamiyatGTA VI bir sutkada qariyb $4 mlrd ishlab topib, kino prokati rekordini ham ortda qoldirdiDunyoO‘zbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlar oqimi 2026-yil oxiriga borib 15 mln kishidan oshadiJamiyatNamanganda brakonyerlar elektr qarmoq bilan Qizil kitobdagi baliqlarni ovlab, 1 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdiJamiyatO‘zbekiston talabalariga HEMIS orqali bir yillik bepul Google AI Pro obunasi ochildiJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdan Parkentga qatnaydigan yangi elektropoyezdda yurib ko‘rdiJamiyat

Telegram norasmiy ilovalardan foydalanuvchilar haqida ogohlantiradi

Telegram norasmiy ilovalardan foydalanuvchilar haqida ogohlantiradi

Telegram foydalanuvchilarni norasmiy ilovalar xavfidan ogohlantiradi. Endi suhbatdoshingiz xavfsiz bo‘lmagan dasturdan foydalansa, profilda maxsus belgi ko‘rinadi.

Telegram jamoasi foydalanuvchilarni uchinchi tomon dasturlari orqali kelib chiqishi mumkin bo‘lgan xavflardan himoya qilishning yangi usulini sinovdan o‘tkazmoqda. «Kod Durova» nashri ma’lumotlariga ko‘ra, endilikda foydalanuvchi profilida uning norasmiy ilovadan foydalanayotgani haqida bildirishnoma ko‘rsatiladi.

Xabarda aytilishicha, tizim nafaqat norasmiy mijozni aniqlaydi, balki «ushbu foydalanuvchiga yuborilgan xabarlar xavfsizligi past bo‘lishi mumkin» degan ogohlantirishni ham chiqaradi. Bunday qadam muqobil ilovalarda, xususan, Telega kabi mijozlarda jiddiy zaifliklar aniqlangani bilan bog‘liq. Ekspertlar ushbu ilovalarda trafikni tutib qolish (MITM-hujum) va ma’lumotlar markazi manzillarini begona serverlarga almashtirish kabi xavfli funksiyalar borligini aniqlashgan.

Hozircha Telegram rasmiylari ushbu funksiyaning aniq ishga tushish sanasini ma’lum qilmagan. Norasmiy mijozlar ko‘pincha qo‘shimcha funksiyalar va dizayn uchun yuklab olinsa-da, mutaxassislar ular orqali maxfiy chatlar bloklanishi yoki shaxsiy yozishmalar uchinchi shaxslar qo‘liga o‘tib ketishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Izohlar

    Izoh qoldirish