2035-yilga borib dunyoda musulmonlar soni nasroniylardan oshib ketadiDunyoToshkentda Rossiya fuqarosi 9-qavatdan o‘zini tashlab, joniga qasd qildiJamiyatO‘zbekistonliklarga maosh olish uchun bank va hamyonni mustaqil tanlashga ruxsat berildiIqtisodiyotFiribgarlar to‘lov undirish maqsadida OAVlarining ijtimoiy tarmoqlariga ommaviy hujum boshladiJamiyatSamarqandda talaba qarzlari sabab tug‘ilgan o‘g‘lini sotdiJamiyatO‘zbekistonda yana to‘rtta bank islomiy bank faoliyati uchun litsenziya oldiIqtisodiyotAlisher Qodirov o‘zbek oilalari farzandlarini o‘zbek tilidagi bog‘cha va boshlang‘ich maktablarga berishni majburiy qilishni taklif etdiSiyosatToshkentning sakkizta tumaniga yangi prokurorlar tayinlandiJamiyatO‘zbekiston koloniyalarida OTMlarga imtihon topshirish va masofadan o‘qishga ruxsat beriladiJamiyatToshkentdagi shahar kanalidan Nil timsohi tutib olindiJamiyat

2035-yilga borib dunyoda musulmonlar soni nasroniylardan oshib ketadi

2035-yilga borib dunyoda musulmonlar soni nasroniylardan oshib ketadi

Pew Research Center tahlilchilari musulmon oilalarda tug‘ilish darajasi yuqoriligi sababli 2035-yilga kelib Islom dunyodagi eng yirik dinga aylanishini prognoz qilmoqda. 2065-yilga borib AQSHda nasroniylar ko‘pchilikni tashkil etmay qoladi.

2035-yilga borib dunyoda musulmonlar soni nasroniylardan oshib ketadi va Islom sayyoramizda eng ko‘p e’tiqod qilinadigan dinga aylanadi. Bunday prognozni AQSHning Pew Research Center tahlil markazi mutaxassislari e’lon qildi.

Demografiya va global o‘zgarishlar

Ekspertlar o‘zgarishning asosiy sababi sifatida boshqa yirik diniy guruhlarga nisbatan musulmon oilalarda tug‘ilish ko‘rsatkichi yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, 2020–2025-yillarda bir musulmon ayolga o‘rtacha 3,1 nafar, nasroniy ayolga esa 2,5 nafar farzand to‘g‘ri kelgan. Boshqa diniy guruhlarda o‘rtacha koeffitsiyent 1,6 ni tashkil etgan (bu aholi sonini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan 2,1 ko‘rsatkichidan past).

Aholining yosh tarkibi, migratsiya va e’tiqod o‘zgarishini hisobga olgan tahlilchilarning hisob-kitoblari quyidagi dinamikani ko‘rsatmoqda:

  • 2020-yil: 2,27 mlrd nasroniy va 2,02 mlrd musulmon;

  • 2035-yil: 2,57 mlrd musulmon va 2,52 mlrd nasroniy;

  • 2070-yil: 3,6 mlrddan ortiq musulmon va 3 mlrddan sal kamroq nasroniy.

2070-yilga kelib mintaqalarning diniy xaritasi qanday o‘zgaradi

Agar hozirgi tendensiyalar saqlanib qolsa, 40 yildan keyin AQSHda nasroniylar ko‘pchilikni tashkil etmay qoladi — 2065-yilga borib katta yoshli aholi orasida ularning ulushi hozirgi 62 foizdan 50 foizdan pastga tushadi. Dunyoning boshqa mintaqalari bo‘yicha prognoz quyidagicha:

  • Shimoliy Amerika: nasroniylar ulushi 63 foizdan (2020-yil) 46 foizgacha kamayadi;

  • Yevropa: dinsiz aholi ulushi 25 foizdan 33 foizga yetadi, musulmonlar ulushi esa ikki baravardan ko‘proqqa oshib,6 foizdan 13 foizga ko‘tariladi;

  • Osiyo va Tinch okeani mintaqasi: musulmonlar diniy e’tiqodga ega bo‘lmagan aholidan o‘zib, eng yirik guruhga aylanadi, ikkinchi o‘rinni hindular egallaydi;

  • Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika: musulmonlar soni nasroniylarga qaraganda tezroq o‘sib, 36 foizga yetadi (2020-yilda 33 foiz bo‘lgan);

  • Lotin Amerikasi va Karib havzasi: nasroniylar yetakchilikni saqlab qoladi, biroq ularning ulushi 85 foizdan 77 foizga tushadi;

  • Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika: diniy tarkib deyarli o‘zgarmaydi — musulmonlar ulushi 94 foizdan 95 foizga ko‘tariladi.

Izohlar

    Izoh qoldirish