O‘zbekistonliklarga maosh olish uchun bank va hamyonni mustaqil tanlashga ruxsat berildiIqtisodiyotFiribgarlar to‘lov undirish maqsadida OAVlarining ijtimoiy tarmoqlariga ommaviy hujum boshladiJamiyatSamarqandda talaba qarzlari sabab tug‘ilgan o‘g‘lini sotdiJamiyatO‘zbekistonda yana to‘rtta bank islomiy bank faoliyati uchun litsenziya oldiIqtisodiyotAlisher Qodirov o‘zbek oilalari farzandlarini o‘zbek tilidagi bog‘cha va boshlang‘ich maktablarga berishni majburiy qilishni taklif etdiSiyosatToshkentning sakkizta tumaniga yangi prokurorlar tayinlandiJamiyatO‘zbekiston koloniyalarida OTMlarga imtihon topshirish va masofadan o‘qishga ruxsat beriladiJamiyatToshkentdagi shahar kanalidan Nil timsohi tutib olindiJamiyatO‘zbekistonda bepul dorilar ro‘yxati 69 tagacha kengaytiriladiJamiyatYangi Toshkentda renovatsiya ishtirokchilariga avvalgisidan 50 foiz katta kvartiralar beriladiJamiyat

O‘zbekistonliklarga maosh olish uchun bank va hamyonni mustaqil tanlashga ruxsat berildi

O‘zbekistonliklarga maosh olish uchun bank va hamyonni mustaqil tanlashga ruxsat berildi

O‘zbekiston Markaziy banki «Mablag‘larni taqsimlash markazi» tizimini ishga tushirdi. Endi xususiy korxona xodimlari maosh, mukofot va boshqa to‘lovlarni ish beruvchining bankiga bog‘lanmagan holda istalgan bank kartasi yoki elektron hamyonga olishlari mumkin.

O‘zbekistonda xodimlarga ish haqini olish uchun bankni mustaqil ravishda tanlash imkonini beruvchi yangi tizim ishga tushirildi. Endi xususiy korxonalar xodimlari maosh, mukofot pullari va boshqa to‘lovlarni istalgan moliya tashkilotining bank kartasi yoki elektron hamyoniga yo‘naltirishlari mumkin.

Avval xodimlar o‘z ish beruvchisiga xizmat ko‘rsatadigan bankda alohida karta ochishga majbur edi. Yangi tizim ushbu bog‘liqlikni bartaraf etadi va xodimlarga o‘z pullarini qayerda olishni mustaqil tanlash imkoniyatini beradi.

Tanlangan bankda maoshni qanday olish mumkin

Dastlabki bosqichda tizim xususiy korxonalar xodimlari uchun amal qiladi. Undan foydalanish uchun xodim buxgalteriyaga o‘zi tanlagan bank kartasi yoki elektron hamyon rekvizitlarini taqdim etishi kifoya.

Tizimda alohida ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi. Asosiy shart — karta yoki elektron hamyon xodimning o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak. Keyinchalik xodim rekvizitlarni o‘zgartirishi va to‘lovlarni olish uchun boshqa bankni tanlashi mumkin.

Pullar qanday o‘tkaziladi

To‘lovlar jarayoni Markaziy bank tomonidan ishga tushirilgan «Mablag‘larni taqsimlash markazi» tizimi orqali amalga oshiriladi:

  • dastlab ish beruvchi yagona to‘lov reyestrini shakllantiradi va uni o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka yuboradi;

  • bank hujjatni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab, Markaziy bank tizimiga uzatadi;

  • ma’lumotlar tekshirilgandan so‘ng tizim to‘lovlarni xodimlar ko‘rsatgan banklar o‘rtasida avtomatik taqsimlaydi;

  • shundan keyin har bir bank mablag‘larni tegishli kartalar yoki elektron hamyonlarga o‘tkazib beradi.

Ushbu mexanizm nafaqat oylik maosh, balki mukofotlar va boshqa barcha to‘lovlarga ham tatbiq etiladi.

Ish beruvchilar qo‘shimcha shartnoma tuzishiga hojat qolmaydi

Yangi tizim joriy etilishi bilan tashkilotlar xodimlar tanlagan har bir bank bilan alohida ish haqi loyihalarini rasmiylashtirishi shart emas.

Markaziy bank ushbu o‘zgarishlar moliya tashkilotlari o‘rtasida raqobatni kuchaytirishini kutmoqda. Endi banklar mijozlarni ish beruvchilar bilan kelishuvlar hisobiga emas, balki xizmat ko‘rsatish sifati va qulay shartlar orqali jalb qilishiga to‘g‘ri keladi.

O‘tkazmalar qanday himoyalangan

Tizim Markaziy bankning himoyalangan infratuzilmasida ishlaydi, ma’lumotlar esa yopiq bank tarmog‘i orqali uzatiladi.

Karta rekvizitlari va oluvchilar haqidagi ma’lumotlar regulyator bazalari bilan solishtiriladi. Agar reyestrda xatolik aniqlansa, hujjat tuzatish uchun qaytariladi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bunday mexanizm mablag‘larni noto‘g‘ri rekvizitlar bo‘yicha o‘tkazib yuborish xavfini kamaytiradi.

Tizimni ishga tushirish nega kechiktirilgan edi

Mazkur mexanizmni joriy etish prezidentning 2025-yil 27-noyabrdagi qarorida ko‘zda tutilgan. Iyul oyida Markaziy bank xodimlarga maosh olish uchun bankni mustaqil tanlash imkonini beruvchi Taqsim tizimi ishlab chiqilayotganini ma’lum qilgan edi. Uni yozda ishga tushirish rejalashtirilgan, biroq tijorat banklarining bir qismi integratsiyaga tayyor emasligi sababli muddatlar kechiktirilgan edi.

Endilikda «Mablag‘larni taqsimlash markazi» tizimi to‘liq ishga tushirildi. Kelgusida Markaziy bank foydalanuvchilarning takliflarini inobatga olgan holda uning imkoniyatlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Izohlar

    Izoh qoldirish