Markaziy bank qarori bilan tijorat banklariga kredit xatarlari va to‘lanmagan qarz oqibatlari haqida mijozlarni oldindan ogohlantirish bo‘yicha yangi talablar belgilandi.
Kredit reklamasida xatarlar haqida ogohlantirish
Adliya vazirligi Markaziy bank boshqaruvining tijorat banklari uchun yangi talablarni nazarda tutuvchi qarorini ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Yangi tartibga ko‘ra, banklar kredit reklamalarida va shartnomalarida mijozlarni moliyaviy xatarlar haqida ogohlantiruvchi axborotlarni joylashtirishga majbur bo‘ladi.
Ogohlantirishda majburiyatlar bajarilmaganda yuzaga keladigan oqibatlar: qarzdorlik summasining oshishi, mol-mulk va hisobvaraqlarga undiruv qaratilishi hamda kredit tarixining yomonlashishi ko‘rsatilishi shart.
Yangi talablar va javobgarlik
Regulyator tomonidan belgilangan asosiy qoidalar:
-
Reklama maydoni: Ogohlantirish matni grafik, video yoki audio reklamalarning kamida 10 foiz майдониниegallashi kerak.
-
Kredit shartnomalari: Ogohlantirish shartnomaning birinchi sahifasida joylashtirilib, uning kamida 30 foiz майдониni tashkil etishi lozim.
-
Sanksiyalar va nazorat: Mijozlarni chalg‘ituvchi kredit mahsulotlari uchun banklarga nisbatan chora va sanksiyalar qo‘llaniladi.
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, ushbu o‘zgartirishlar fuqarolarning ortiqcha qarzdorlik yukini kamaytirish va mas’uliyatli kreditlash madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.





