Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi BSI indeksi bo‘yicha eng ko‘p maosh oluvchi bitiruvchilarga ega OTMlar ro‘yxati e’lon qilindi. VGIK va Inha filiallari yetakchilik qilmoqda.
2025-yilning iyulidan 2026-yilning iyuniga qadar bo‘lgan davrda respublika bo‘yicha OTM bitiruvchilarining o‘rtacha rasmiy oylik daromadi 4,9 mln somni tashkil etdi.
Yo‘nalishlar kesimida o‘rtacha daromad ko‘rsatkichlari:
-
Ijodiy (sport) yo‘nalishlar — 6,33 mln so‘m;
-
Amaliy fanlar — 5,5 mln so‘m;
-
Ijtimoiy-gumanitar fanlar — 4,61 mln so‘m;
-
Tibbiyot fanlari — 4,43 mln so‘m.
Eng yuqori daromadli OTMlar top-10 ligi
Bitiruvchilari eng yuqori o‘rtacha daromad oladigan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga quyidagilar kirdi:
-
VGIK Toshkent filiali — 23,4 mln so‘m;
-
Toshkent shahridagi Inha universiteti — 12,6 mln so‘m;
-
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti — 12,5 mln so‘m;
-
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti — 10,6 mln so‘m;
-
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 10,3 mln so‘m;
-
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 9,4 mln so‘m;
-
Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti — 9,3 mln so‘m;
-
G.V.Plekhanov nomidagi REU Toshkent filiali — 9 mln so‘m;
-
Toshkent davlat yuridik universiteti — 8,4 mln so‘m;
-
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti — 8,1 mln so‘m.
Reytingning maqsadi
Agentlik direktori Baxtiyor Yuldashevning ta’kidlashicha, BSI indeksining asosiy maqsadi abituriyentlarga OTM tanlashda ta’lim jarayonidan tashqari, bitiruvchilarning mehnat bozoridagi real natijalariga asoslangan xolis mezonni taqdim etishdir. Hisob-kitoblarda faqat rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan daromadlar inobatga olingan va u bitiruvchi yashaydigan hududdagi o‘rtacha ish haqi bilan solishtirilgan.



