So‘nggi:
Dollar kursi 5 kunlik pasayishdan so‘ng qayta ko‘tarildiIqtisodiyotToshkent markazidagi 5 ta svetofor yagona tizimga biriktirildiJamiyatMaktablarda yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadiJamiyatTelegram va Microsoft Qirg‘izistonda bloklanishi mumkin: Soliq xizmati talabiDunyoO‘zbekistonda kattalarning faqat 4 foizi o‘monat va muddatli depozitga egaIqtisodiyotUrganch va Xiva o‘rtasidagi yangi pullik yo‘lda harakatlanish narxi ma’lum bo‘ldiIqtisodiyotO‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi: OTMlarda darslar 7 va 14-sentyabrdan boshlanadiJamiyatToshkentliklar samolyot-laboratoriya parvozlari sababli shovqin bo‘lishidan ogohlantirildiJamiyatO‘zbekiston va Qirg‘iziston «Mamay» chegara postini qayta ochishi mumkinSiyosatJahongir Ortiqxo‘jayev migrantlarni vatanga qaytishga chaqirdi va ularga ish taklif qildiIqtisodiyot

Toshkent markazidagi 5 ta svetofor yagona tizimga biriktirildi

Toshkent markazidagi 5 ta svetofor yagona tizimga biriktirildi

Poytaxtning Amir Temur xiyoboni atrofida haydovchilar uchun svetoforlarning uzluksiz ishlash rejimi yo‘lga qo‘yildi. Bu tirbandlikni kamaytirishga xizmat qiladi.

Yangi mexanizm avtomobillarning to‘xtovsiz harakatlanishiga sharoit yaratadi. Hozircha ushbu qulaylik ikki yo‘nalishda ishlamoqda: Buxoro ko‘chasi kesishmasidan Olay bozori tomon hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyi yonidan Buxoro ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan masofada.

Harakatlanish qoidalari va istiqboldagi rejalar

Svetoforlar bir vaqtning o‘zida emas, balki ma’lum bir vaqt oraliqida ketma-ket yashil chiroqni yoqadi. Bu vaqtOralig‘i yo‘ldagi o‘rtacha tezlikdan kelib chiqib hisoblangan. Tizimdan samarali foydalanish uchun haydovchilardan quyidagilar talab etiladi:

  • Harakatni faqat ruxsat beruvchi ishora yonganda boshlash;

  • Belgilangan tezlik me’yorini buzmaslik va kutilmagan manevrlardan qochish;

  • Oldinda borayotgan transport vositasi bilan xavfsiz masofani saqlash.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu loyihadan maqsad poytaxt ko‘chalarida poyga o‘tkazish emas, balki avtomobillar oqimini bir maromda ushlab turishdir. Yaqin orada xiyobondan Maxtumquli ko‘chasi tomonga olib chiquvchi yo‘nalish ham ushbu tizimga ulanadi.