So‘nggi:
Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi oldida rolik uchgan yoshlar qamaldi va jarimaga tortildiJamiyatO‘zbekistonda saytlar orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish taqiqlanadiIqtisodiyotBiznes uchun elektr va gazga oldindan to‘lov 100 foizdan 15 foizga tushiriladiIqtisodiyotToshkent hokimi Shavkat Umurzoqov xodimlarni ishdan o‘z vaqtida ketishga chaqirdiJamiyatO‘zbekistonda chiptasiz yurganlik uchun jarimalar oshirilishi kutilmoqdaJamiyatIsh haftasida O‘zbekistonda havo harorati 43 darajagacha ko‘tariladiJamiyatShavkat Mirziyoyev Urganch xalqaro aeroportidagi rekonstruksiya jarayoni bilan tanishdiJamiyatO‘zbekistonda abituriyentlar imtihon natijalari bo‘yicha apellyatsiya berishi mumkinJamiyat2027-yildan nasiyaga olinadigan tovarlar uchun 110 mln so‘mlik cheklov o‘rnatiladiJamiyatToshkentdagi Mustaqillik va Oqqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasida harakatlanish sxemasi o‘zgardiJamiyat

Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi oldida rolik uchgan yoshlar qamaldi va jarimaga tortildi

Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi oldida rolik uchgan yoshlar qamaldi va jarimaga tortildi

Toshkentning Olmazor tumanida Islom sivilizatsiyasi markazi oldida rolik uchgan yoshlar sud qilindi. Bir kishiga 10 sutka ma’muriy qamoq, ikki nafariga esa jarima jazosi tayinlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh yoshlar va ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasidagi voqea aks etgan videolavha tarqaldi. Toshkent shahar IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa 16-avgust kuni soat 21:00 atrofida Olmazor tumanidagi Islom sivilizatsiyasi markazi yaqinida sodir bo‘lgan.

Bir guruh yoshlar odamlar gavjum bo‘lgan hududda rolik uchishga urinishgan. IIB xodimlari ularni ogohlantirib, bu harakatni to‘xtatishni talab qilishgan, biroq yoshlar xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmagan.

Sud hukmi va ma’muriy choralar

Toplangan hujjatlar Olmazor tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborildi. Sud qaroriga muvofiq:

  • Fuqarolar Yu. va S. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi 1-qismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmaslik) bo‘yicha aybdor deb topilib, jarimaga tortildi;

  • Fuqaro A. ham ushbu moddalar bo‘yicha aybli deb topilib, 10 sutka ma’muriy qamoq jazosiga mahkum etildi.

Sud majlisidan so‘ng yoshlar sodir bo‘lgan voqeadan xulosa chiqarganliklarini bildirib, o‘z qilmishlaridan afsusda ekanliklarini aytishgan.

IIBB ogohlantirishi

Toshkent shahar IIBB skeytборd, samokat va roliklar uchish uchun maxsus ajratilgan joylar mavjudligini eslatib o‘tdi. Odamlar gavjum maskanlarda bunday harakatlar atrofdagilarga, xususan keksalar, bolalar va turistlarga xavf tug‘dirishi ta’kidlanib, fuqarolar ushbu sport turlari bilan faqat belgilangan joylarda shug‘ullanishga chaqirildi.