So‘nggi:
O‘zbekistonda chiptasiz yurganlik uchun jarimalar oshirilishi kutilmoqdaJamiyatIsh haftasida O‘zbekistonda havo harorati 43 darajagacha ko‘tariladiJamiyatShavkat Mirziyoyev Urganch xalqaro aeroportidagi rekonstruksiya jarayoni bilan tanishdiJamiyatO‘zbekistonda abituriyentlar imtihon natijalari bo‘yicha apellyatsiya berishi mumkinJamiyat2027-yildan nasiyaga olinadigan tovarlar uchun 110 mln so‘mlik cheklov o‘rnatiladiJamiyatToshkentdagi Mustaqillik va Oqqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasida harakatlanish sxemasi o‘zgardiJamiyatAdvokatlarning SIZOda uchrashuv vaqtiga cheklov bekor qilindiJamiyatShavkat Mirziyoyev bokschi Rufat Risqiyev vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdiJamiyat5 ta OTMga kirolmaganlar uchun yangi imkoniyat: to‘lmay qolgan kvotalarga qabul qilinish mumkinJamiyatO‘zbekistonda soxta inspektorlar aholidan yong‘in xavfsizligi uchun pul undirmoqdaJamiyat

O‘zbekistonda chiptasiz yurganlik uchun jarimalar oshirilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda chiptasiz yurganlik uchun jarimalar oshirilishi kutilmoqda

Transport vazirligi 17-avgust kuni avtobusda chiptasiz yurganlik uchun jarimalarni 1 BHMgacha oshirishni taklif qildi. 1-sentyabrdan esa avtobusga kirishda yo‘l haqini darhol to‘lash tartibi joriy etiladi.

Transport vazirligi jamoat transportida chiptasiz yurganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflar paketini tayyorlab, Qonunchilik palatasiga kiritdi. Hujjatga ko‘ra:

  • Birinchi marta yo‘l haqini to‘lamaganlik uchun — 0,5 BHM (220 ming so‘m);

  • Takroran sodir etilgan huquqbuzarlik uchun — 1 BHM (440 ming so‘mgacha) jarima solish taklif etilmoqda.

1-sentyabrdan kirishda darhol to‘lov qilish tartibi

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 276-sonli qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-sentyabrdan e’tiboran brutto-kontrakt tizimida ishlaydigan barcha shahar avtobuslarida yo‘lovchilar yo‘l haqini salonga kirishlari bilan darholto‘lashlari shart bo‘ladi. To‘lovni transport yoki ijtimoiy kartalar, bank kartalari, smartfon hamda boshqa kontaktzsiz usullar orqali validatorda tasdiqlash mumkin.

To‘lovni amalga oshirmagan yoki imtiyozini tasdiqlamagan shaxs chiptasiz yo‘lovchi hisoblanadi. Nazoratchilar to‘lov faktini maxsus planshetlar yordamida tekshiradilar.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki yetti oyida 82 mingdan ortiq chiptasiz yo‘lovchi aniqlanib, ulardan 2 milliard so‘mdan ziyod jarima undirilgan. Yangi tartib yo‘lovchilar oqimini aniq hisobga olish, naqd pulga qaramlikni kamaytirish va elektron to‘lov madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.