So‘nggi:
O‘zbekistonda OOTLardagi vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandiJamiyatO‘zbekistonda 10-sinf o‘quvchilariga texnikumlarga o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berildiJamiyatShavkat Umurzoqov sotuvga qo‘yilgan 35 ta bozor o‘z faoliyatini saqlab qolishini bildirdiJamiyatToshkentda raqamsiz Malibu YHXBBdan qochishga urindiJamiyatSamarkand-2028 sun’iy yo‘ldoshi Samarqandning orbitadan olingan ilk suratlarini uzatdiJamiyatBektemir City loyihasining qamrovi va moliyalashtirilishiIqtisodiyotO‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati pasayadiJamiyatDollar kursi 5 kunlik pasayishdan so‘ng qayta ko‘tarildiIqtisodiyotToshkent markazidagi 5 ta svetofor yagona tizimga biriktirildiJamiyatMaktablarda yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadiJamiyat

Markaziy bank murojaatlar bo‘yicha eng salbiy ko‘rsatkichga ega 10 ta bankni e’lon qildi

Markaziy bank murojaatlar bo‘yicha eng salbiy ko‘rsatkichga ega 10 ta bankni e’lon qildi

Markaziy bank 2026-yilning II choragi yakunlari bo‘yicha tijorat banklari faoliyati yuzasidan kelib tushgan murojaatlar reytingini e’lon qildi. Avo Bank va Biznesni rivojlantirish banki antireytingda yetakchi bo‘ldi.

Markaziy bank 2026-yilning II choragi yakunlari bo‘yicha tijorat banklari faoliyati yuzasidan kelib tushgan murojaatlar indeksini va eng salbiy ko‘rsatkichga ega top-10 banklar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ushbu davr mobaynida regulyatorga to‘g‘ridan to‘g‘ri hamda boshqa davlat idoralari orqali banklar faoliyati bo‘yicha jami 11 331 ta murojaat kelib tushgan. Mijozlar e’tirozlari hamda murojaatlari soni bo‘yicha eng salbiy ko‘rsatkich Avo Bank hissasiga to‘g‘ri keldi (4,42 indeks). Undan keyingi o‘rinlarni Biznesni rivojlantirish banki, Mikrokreditbank va TBC Bank egalladi.

Ma’lumot uchun, 2026-yilning I choragi yakunlariga ko‘ra shunday antireytingda Biznesni rivojlantirish banki 3,34 indeks ko‘rsatkichi bilan birinchi o‘rinni egallagan edi.

Murojaatlar indeksi bankning murojaatlar soni bo‘yicha bozor ulushini mijozlar soni bo‘yicha bozor ulushiga bo‘lish orqali aniqlanadi. U bankning mijozlar bazasi hajmiga nisbatan kelib tushayotgan e’tirozlar darajasini ko‘rsatib, turli miqyosdagi finans muassasalarini o‘zaro xolis solishtirish imkonini beradi. Mazkur ko‘rsatkich banklarning moliyaviy barqarorligi yoki ishonchliligini baholamaydi.

Regulyator tartibiga muvofiq, chorak davomida 100 tadan kam murojaat tushgan banklar uchun ushbu indeks hisoblanmaydi. Markaziy bank ticoriy banklarga kelib tushayotgan e’tirozlar sabablarini chuqur tahlil qilish, ko‘rib chiqish jarayonlarini takomillashtirish hamda mijozlar manfaatlarini himoya qilish choralarini kuchaytirishni tavsiya qildi.