Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

O‘zbekistonda 234 mingdan ortiq abituriyent eng kam o‘tish ballini ham to‘play olmadi

O‘zbekistonda 234 mingdan ortiq abituriyent eng kam o‘tish ballini ham to‘play olmadi

Bilimni baholash agentligi test sinovlari bo‘yicha to‘liq statistikani e’lon qildi: 234 072 nafar abituriyent eng kam 56,7 ballik chegaradan o‘ta olmadi. Maksimal natija — 217,4 ball.

Bilim va malakalarni baholash agentligi oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan barcha abituriyentlarning natijalari bo‘yicha yakuniy statistik ma’lumotlarni e’lon qildi.

Raqamlarga ko‘ra, imtihonda qatnashgan abituriyentlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i — ya’ni 234 072 nafari hatto minimal o‘tish chegarasi bo‘lmish 56,7 ballni ham to‘play olmagan.

Natijalarning ballar kesimidagi taqsimoti:

  • 189 va undan yuqori: 7 579 nafar;

  • 170 – 188 ball: 47 152 nafar;

  • 150 – 169 ball: 48 740 nafar;

  • 130 – 149 ball: 48 791 nafar;

  • 110 – 129 ball: 45 137 nafar;

  • 90 – 109 ball: 56 366 nafar;

  • 70 – 89 ball: 53 997 nafar;

  • 56,7 – 69,9 ball: 106 722 nafar;

  • 56,7 balldan past: 234 072 nafar.

Joriy qabul mavsumida test sinovlari bo‘yicha qayd etilgan eng yuqori natija 217,4 ballni tashkil etdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, «o‘tdi» va «o‘tmadi» natijalari orasidagi farq har doim ham bilim darajasida emas, balki tayyorgarlikning tizimliligi va imtihon strategiyasida namoyon bo‘lmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish