So‘nggi:
Old oynalar tonirovkasini arzonlashtirish rejalashtirilmayapti — YHXXJamiyatIV “Ravshan Zolotoy”ga nisbatan xalqaro qidiruv bekor qilinganining sababini ma’lum qildiJamiyatO‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildiJamiyatFarg‘onada bukmekerlik hisobini to‘ldirgan fuqaroning telefoni olib qo‘yildiJamiyatSog‘liqni saqlash vazirligi anomal issiq sababli aholiga tavsiyalar berdiJamiyatXorazmda barcha davlat bog‘chalari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladiJamiyatAbituriyentlar uchun test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandiJamiyatEkologiya qo‘mitasi daraxtlar issiqdan qurib qolishiga befarq bo‘lmaslikka chaqirdiJamiyatToshkent va Bekobod o‘rtasida yangi elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yildiJamiyatO‘zbekistonda bog‘chalar anomal issiq sabab vaqtincha yopilishi mumkinJamiyat

O‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildi

O‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildi

“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi Qonun asosida homiladorlik va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini hisoblash hamda to‘lash tizimi isloh qilindi. To‘lovlar “Baraka” kartasiga o‘tkaziladi.

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi fuqarolarning kasallik yoki homiladorlik sababli daromadsiz qolishini oldini olishga qaratilgan. Mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida ishlovchilar, shuningdek, yuridik shaxslar rahbarlari majburiy tartibda sug‘urtalanadi. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, dehqon va fermer xo‘jaligi a’zolari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, hunarmandlar, oilaviy korxona a’zolari va chet elda ishlayotganlar esa tizimda ixtiyoriy tartibda ishtirok etishlari mumkin.

2026-yil 1-yanvardan boshlab homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘liq hajmda Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi (ilgari ushbu to‘lov ish beruvchi zimmasida edi). Nafaqat 126 kalendar kuni (murakkab tug‘ruqlar yoki egizaklar tug‘ilganda 140 kun) uchun bir yo‘la to‘lab beriladi. Nafaqat miqdori ayolning o‘rtacha oylik ish haqi (MHTEKMning 10 barobaridan oshmagan qismi) va sug‘urta stajiga qarab avtomatik hisoblanadi. Staj 10 oydan 24 oygacha bo‘lganda o‘rtacha ish haqining 75 foizi, 25 oydan 60 oygacha bo‘lganda 85 foizi, 5 yildan ortiq bo‘lganda esa 100 foizi to‘lanadi. Ishlamaydigan ayollar ham ixtiyoriy sug‘urta badallarini kamida 10 oy (oxirgi 6 oyi uzluksiz) to‘lab kelgan bo‘lsa, 5 MHTEKMgacha bo‘lgan miqdorda dekret puli olishlari mumkin.

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi ham elektron kasallik varaqasi asosida avtomatlashtirilgan holda tayinlanadi. Yangi tartibga ko‘ra, kasallikning dastlabki besh kalendar kuni uchun to‘lov ish beruvchi hisobidan, oltinchi kundan boshlab esa Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi. To‘lov miqdori ish stajiga bog‘liq bo‘lib, staj 6 oydan 8 yilgacha bo‘lganda o‘rtacha ish haqining 60 foizini, 8 yildan ortiq bo‘lganda esa 80 foizini tashkil etadi. Hisobga olinadigan maksimal oylik ish haqi 10 MHTEKM (12 710 000 so‘m) bilan cheklangan bo‘lib, nafaqa bir yilda ko‘pi bilan 182 kun uchun to‘lanadi. Bemor bolani parvarishlash zarur bo‘lganda bu muddat uzaytiriladi. Nogironligi bor shaxslar, ko‘p bolali ota-onalar va nogiron bolani tarbiyalayotganlar uchun nafaqa miqdori yana 20 foiz bandga oshiriladi.

Nafaqalarni rasmiylashtirish jarayoni to‘liq raqamlashtirilgan. Shifokor DMED tizimida elektron kasallik varaqasini ochgach, ma’lumotlar avtomatik ravishda “Ijtimoiy sug‘urta” moduliga yuboriladi. Tizim staj va daromadlarni tekshirib, summani hisoblaydi va fuqaroga SMS yoki “Baraka” ilovasi orqali bildirishnoma yuboradi. Mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi. Agar fuqaroda bunday karta bo‘lmasa, ilovada virtual karta bepul ochiladi, xohlovchilar plastik kartaga ham bepul buyurtma berishlari mumkin.