O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyat

Sog‘liqni saqlash vazirligi anomal issiq sababli aholiga tavsiyalar berdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi anomal issiq sababli aholiga tavsiyalar berdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi havo harorati +46 darajagacha ko‘tarilishi kutilayotgan haftada jaziramadan saqlanish bo‘yicha yo‘riqnoma e’lon qildi. Vazirlik xavf guruhlari va issiq urishi belgilarini eslatib o‘tdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo sharoitida salomatlikni muhofaza qilish bo‘yicha aholiga tavsiyalar berdi. Eslatib o‘tamiz, joriy haftada sinoptiklar havo harorati +46 darajagacha ko‘tarilishini prognoz qilmoqda.

Vazirlik matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, jazirama kunlarda 65 yoshdan oshgan qariyalar, chaqaloqlar va yosh bolalar, homilador ayollar, surunkali kasalliklari (yurak-qon tomir, qandli diabet, buyrak va nafas olish organlari xastaliklari) bor bemorlar hamda ochiq havoda ishlovchilar yuqori xavf guruhiga kiradi.

Kuning eng issiq vaqti — soat 11:00 dan 17:00 gacha quyosh tig‘ida yurishni cheklash, zarurat tufayli ko‘chaga chiqqanda esa har 15–20 daqiqada oz-ozdan suv ichib turish so‘raladi. Shuningdek, bolalar, qariyalar va uy hayvonlarini mashina ichida yolg‘iz qoldirish qat’iyan man etiladi.

Sog‘lom katta yoshli insonlarga kuniga 2–3 litr suyuqlik ichish tavsiya etiladi. Bunda oddiy suv, ayron, ko‘k yoki yalpizli choy, shakar qo‘shilmagan kompotlarga afzallik berish lozim. Spirtli va energetik ichimliklar, shirin gazlangan suvlar hamda ko‘p miqdorda kofe va achchiq qora choy ichishdan tiyilgan ma’qul.

Ko‘chaga chiqqanda havo o‘tkazadigan, och rangli va keng kiyimlar kiyish, bosh kiyim, quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak hamda SPF 50+ kremlaridan foydalanish shart.

Vazirlik issiq urishi belgilaridan ham ogohlantirdi. Tana haroratining 40°C va undan yuqoriga ko‘tarilishi, hushdan ketish, talvasa (sudorogi), terining qizarishi va quruqlashishi, nafas qisishi kabi holatlar kuzatilganda zudlik bilan oilaviy shifokorga murojaat qilish zarur.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish