O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyat

41 ta xorijiy atamaning rasmiy o‘zbekcha muqobili tasdiqlandi

41 ta xorijiy atamaning rasmiy o‘zbekcha muqobili tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi chet tilidan kirib kelgan so‘zlarning o‘zbekcha muqobillarini e’lon qildi. Rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi atamalar ro‘yxatidan „Xosnom“, „So‘ngmuddat“ va „Hisbelgi“ kabi so‘zlar joy oldi.

Jami 41 ta xorijiy atamaning rasmiy o‘zbekcha muqobili tasdiqlandi. Yangi qoidalarga ko‘ra, endilikda ijtimoiy tarmoqlar va kundalik hayotda faol qo‘llaniladigan bir qator chet tili so‘zlari sof o‘zbekcha so‘zlar bilan almashtiriladi. Xususan, internet terminologiyasidagi „brend“ so‘zi „Xosnom“, „dedlayn“ — „So’ngmuddat“, „emoji“ — „Hisbelgi“ va „xeshteg“ atamasi „Kalitso’z“ shaklida qo‘llaniladi.

Bundan tashqari, maishiy va madaniy hayotga oid o‘zgarishlar ham joriy etildi. Jumladan, tibbiyotdagi „breket“ so‘zi o‘rniga „Tishsim“, iqtisodiyotdagi „frilanser“ o‘rniga „Erkin ishchi“, sayyohlikdagi „xostel“ o‘rniga esa „Qoʻnoquy“atamalarini rasmiy muomalaga kiritish belgilandi.

Tasdiqlangan yangi muqobil so‘zlarning bir qismi:

Xorijiy atama Rasmiy o‘zbekcha muqobili
Антракт Tanaffus
Банкет Ziyofat
Брекеты Tishsim
Бренд Xosnom
Датчик Sezgich
Дедлайн So’ngmuddat
Декорация Sahnabezak
Миксер Qorg’ich
Палатка Chodir
Раковина Chanoq
Распродажа Arzonsotuv
Суфлёр Shivirchi
Фрилансер Erkin ishchi
Эможи Hisbelgi
Хештег Kalitso’z
Хостел Qoʻnoquy

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish