Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

NAPPliklar Telegram’da fuqarolarni kredit olishga majburlayotgan yangi firgarlik sxemasidan ogohlantirdi

NAPPliklar Telegram’da fuqarolarni kredit olishga majburlayotgan yangi firgarlik sxemasidan ogohlantirdi

Telegram’da davlat organlari va ularning rahbarlari nomidan soxta akkauntlar yaratilmoqda. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi fuqarolarni ogohlikka chaqirdi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (NAPP) Telegram messenjerida fuqarolarning pul mablag‘larini o‘zlashtirishga qaratilgan yangi va xavfli firgarlik sxemasi aniqlangani haqida rasmiy ogohlantirish bilan chiqdi.

Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchilar soxta akkauntlar va maxsus Telegram-botlar yaratib, ularni davlat organlari — NAPP, Markaziy bank, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va boshqa idoralarning, shuningdek, ushbu tashkilotlar rahbarlari hamda xodimlarining rasmiy sahifalari sifatida taqdim etmoqda.

Jabrlanuvchilarni aldash uchun firgarlar rasmiy ramzlar, logotiplar va mansabdor shaxslarning fotosuratlaridan foydalanishmoqda. Shundan so‘ng, go‘yoki qandaydir tekshiruv yoki surishtiruvlar o‘tkazilayotgani haqida xabarlar yuborilib, fuqarolar davlat organlari bilan hamkorlik qilishga ko‘ndiriladi.

Muloqot davomida firgarlar psixologik bosim o‘tkazib, ijtimoiy muhandislik usullari va soxta hujjatlar orqali fuqarolarni o‘z nomlariga onlayn-kredit rasmiylashtirishga majburlashadi va olingan pullarni o‘zlashtirib yuborishadi. Ushbu sxemaning asosiy xususiyati shundaki, barcha muloqotlar faqat Telegram orqali yuritiladi va qo‘ng‘iroqlar yashirin yoki shubhali raqamlardan amalga oshiriladi.

Agentlik NAPP xodimlari fuqarolar va tadbirkorlar bilan faqat rasmiy aloqa kanallari — xizmat telefonlari, rasmiy elektron pochta va pochta jo‘natmalari orqali bog‘lanishini alohida ta’kidladi. Telegram’dagi anonim akkauntlar orqali hech qanday rasmiy muloqot olib borilmaydi.

Firgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun NAPP quyidagilarga amal qilishni tavsiya etadi:

  • shubhali havolalarga kirmaslik va noma’lum fayllarni (ayniqsa, .apk kengaytmali ilovalarni) yuklab olmaslik;

  • noma’lum va yashirin raqamlardan bo‘ladigan qo‘ng‘iroqlarga javob bermaslik;

  • davlat organlari akkauntlarining haqiqiyligini faqat ularning rasmiy veb-saytlari orqali tekshirish;

  • shubhali xabarlarning skrinshotlarini saqlab qolish, firgarlarni bloklash va bunday holatlar haqida zudlik bilan huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berish.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish