O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Jahon chempionatida ishtirok etgan futbolchilarni tanqid qilmaslikka chaqirdi

Shavkat Mirziyoyev Jahon chempionatida ishtirok etgan futbolchilarni tanqid qilmaslikka chaqirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston milliy terma jamoasining AQSh va Meksikadagi JCH-2026 o‘yinlarini sarhisob qilib, futbolchilarni tanqid qilmaslikka chaqirdi.

Davlat rahbari AQSh va Meksika maydonlarida o‘tgan o‘yinlarni butun o‘zbek xalqi katta hayajon va faxr bilan kuzatib borganini ta’kidladi. Terma jamoamiz FIFA reytingida kuchli beshlikdan joy olgan Portugaliya, 13-o‘rindagi Kolumbiya hamda yetakchi futbolchilari Yevropaning top-klublarida o‘ynaydigan Kongo termalariga qarshi munosib kurashib, ulkan tajriba orttirgani va mundial nafasini his qilgani qayd etildi. Shuningdek, Abbos Fayzullayev va Eldor Shomurodov JCHdagi dastlabki gollarini urib, xalqqa quvonch ulashgani e’tirof etildi.

Mundial yakunlangach, ijtimoiy tarmoqlarda terma jamoaning natijalari yuzasidan turlicha fikrlar va tanqidlar bildirilayotganiga to‘xtalgan Shavkat Mirziyoyev, haydovchi va muxlislarni futbolchilarga nisbatan ortiqcha his-tuyg‘uga berilib, e’tiroz bildirmaslikka chaqirdi. Prezident Vatan sharafini yuksak darajada himoya qilgan yigitlardan ayb qidirish xalqimizga xos amal emasligini, aksincha, bugungi kunda ularning ruhiyatini ko‘tarish va ruhan suyash har qachongidan ham muhimroq ekanini alohida uqtirib o‘tdi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek futbolining katta g‘alabalari hali oldinda va buning uchun sohaga kiritilayotgan investitsiyalar hajmi yanada ko‘paytiriladi. Eng avvalo, bolalar futbolini rivojlantirish davlat darajasidagi umummilliy harakatga aylantirilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, kelasi yilning yanvar oyida Saudiya Arabistoni yashil maydonlarida start oladigan navbatdagi nufuzli musobaqa — Osiyo kubogiga tayyorgarlik ishlari hozirdanoq boshlanishi e’lon qilindi. Davlat rahbari: “Biz jamoamizga ishonamiz va ushbu musobaqada ham butun xalqimiz bilan ularni qo‘llab-quvvatlaymiz!” deya o‘z nutqini yakunladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish