O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi ikkita bojxona posti va 24/7 ish rejimiga o‘tkaziladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi ikkita bojxona posti va 24/7 ish rejimiga o‘tkaziladi

 Qozog‘iston Senati “Sirdaryo — Malik” va “Selinniy — Oq oltin” bojxona punktlari maqomini o‘zgartirish haqidagi bayonnomani ratifikatsiya qildi. Tafsilotlar.

Shuningdek, ushbu chegara o‘tish joylari faqat yengil avtotransport vositalari uchun belgilangan cheklovlardan xalos bo‘lib, yuk va yo‘lovchi tashish maqomiga ega bo‘ladi. Infratuzilmani yangilash va qoidalarni o‘zgartirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki davlat o‘rtasidagi yo‘lovchi hamda transport oqimini teng taqsimlash, tirbandliklarning oldini olishdan iborat.

Hujjatga muvofiq, “Selinniy — Oq oltin” o‘tkazish punktidan yengil va yuk tashimaydigan bo‘sh yuk mashinalari bilan bir qatorda katta hajmli hamda og‘ir vaznli yuklar, tijorat tovarlari o‘tishiga ruxsat beriladi. “Sirdaryo — Malik” nazorat-o‘tkazish punktidan esa faqat yengil va yuk xatiga ega bo‘lmagan bo‘sh yuk avtomobillari o‘ta oladi, bu yerda tijorat maqsadlarida yuk va tovarlarni o‘tkazish taqiqlanadi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan chegara yo‘laklarini ochish va ish vaqtini uzaytirish choralarini faol davom ettirmoqda. Xususan, joriy yilning may oyidan boshlab Qirg‘iziston bilan chegaradagi “Qadamjoy — avtoyo‘l”, “Chashma — avtoyo‘l” va “Oqqiya — avtoyo‘l” nazorat-o‘tkazish punktlari ham tun-u kun ishlash rejimiga o‘tkazilgan edi. Sayyohlik mavsumida fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida joriy etilgan ushbu 24 soatlik tartib 2026-yilning 1-oktyabrigacha amal qiladi va bu punktlardan faqatgina O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston fuqarolarigina foydalanishlari mumkin.

URL: qozogiston-va-o-zbekiston-chegarasidagi-ikkita-punk