O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyat

Boysundagi gaz konida yuz bergan avariya 2027-yilning birinchi yarmida to‘liq bartaraf etiladi

Boysundagi gaz konida yuz bergan avariya 2027-yilning birinchi yarmida to‘liq bartaraf etiladi

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” (M25) konida gaz chiqishi va sizib chiqishi bilan bog‘liq texnologik avariya 2027-yilning birinchi yarmida to‘liq bartaraf etiladi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov ma’lum qildi.

Kondagi avariyani tugatish ishlariga Xitoyning CNPC kompaniyasi mutaxassislari jalb etilgan bo‘lib, ular ayni paytda ob’ektdagi vaziyatni o‘rganishmoqda. Shartnomaga ko‘ra, joriy yil yakuniga qadar konga zarur texnikalar yetkazib beriladi va yana to‘rtta qo‘shimcha quduqni burg‘ilash ishlari boshlanadi. 2027-yilning birinchi yarmida avariya 100 foizga bartaraf etilishi rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 27-fevral kuni Surxondaryoga tashrifi chog‘ida Prezident ushbu konda yuz bergan avariya majburiy tartibda bartaraf etilishini ta’kidlagan edi.

Boysundagi vaziyat xronologiyasi

  • 2024-yil 1-sentabr: M25 konining 604-sonli qudug‘ida burg‘ilash ishlari vaqtida portlash va yong‘in yuz berib, vodorod sulfid gazi sizib chiqqan. Yaqin atrofdagi aholi xavfsiz joyga ko‘chirilgan.

  • 2024-yil 17-sentabr: Konda ikkinchi portlash sodir bo‘lgan. Oqibatda 11 kishi jarohatlangan, 4 nafar ishchi halok bo‘lgan.

  • 2025-yil 27-mart va 5-may: Konda yana portlashlar qayd etilgan. Deyarli ikki yil davomida gaz chiqishi va yonishi holatlari to‘xtamadi, aholi ijtimoiy tarmoqlarda gaz hididan sog‘lig‘i yomonlashayotgani haqida ko‘plab shikoyatlar qildi.

  • 2025-yil noyabr: Navbatdagi gaz sizib chiqishi kuzatilgan. Geologik jarayonlar tufayli 202-sonli quduqda avval yonib turgan olov o‘chib qolgan. Mas’ul vazirliklarning urinishlariga qaramay, muammo hozirgacha yechilmay kelmoqda.

M25 koni haqida qisqacha

“Mustaqillikning 25 yilligi” koni Boysun shahridan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan. Uning gaz zahiralari 150-170 mlrd kubometrga teng deb baholanmoqda. Qiymati 2,9 mlrd dollarlik ushbu loyihani amalga oshirish 2019-yil dekabrda Gonkongning Surhan Gas Chemical Operating Company kompaniyasi tomonidan boshlangan, burg‘ilash ishlarini Eriell olib bormoqda. 2023-yil noyabr holatiga ko‘ra, 20 ta quduqda burg‘ilash yakunlangan edi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish