So‘nggi:
Shavkat Mirziyoyev jurnalistlarni tabrikladiJamiyatBoysundagi gaz konida yuz bergan avariya 2027-yilning birinchi yarmida to‘liq bartaraf etiladiJamiyatToshkentning Yunusobod tumanida besh yoshli qizcha hojatxona chuqurligiga tushib ketdiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekistonda anomal issiq harorat kutilmoqdaJamiyatLukashenko Rossiya elchisidan Belarusni urushga jalb etmaslikni so‘radiDunyoO‘zbekiston dunyo maoshlar reytingida 117-o‘rinni egalladiIqtisodiyotO‘zbekistonda ko‘chmas mulkni baholashning yangi yagona metodikasi joriy etiladiJamiyatToshkentda qariyb 3 tonnaga yaqin musodara qilingan narkotik moddalar yoqib yuborildiJamiyatO‘zbekiston JCh pley-offiga chiqish imkoniyatini saqlash uchun DR Kongoni yirik hisobda yutishi shartJamiyatO‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991-yilga nisbatan 9 yilga uzaydiJamiyat

Dam olish kunlari O‘zbekistonda anomal issiq harorat kutilmoqda

Dam olish kunlari O‘zbekistonda anomal issiq harorat kutilmoqda

27–28-iyun kunlari O‘zbekistoning janubida harorat 44 darajagacha ko‘tariladi. Shimoli-g‘arbiy hududlarda esa kuchli yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilinmoqda.

Yaqinlashib kelayotgan dam olish kunlarida O‘zbekiston hududida keskin farqli ob-havo sharoiti kuzatiladi: ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ib, shamol kuchaysa, boshqa joylarda anomal issiq harorat hukmron bo‘ladi.

Shanba, 27-iyun

  • Hududlar bo‘ylab: Toshkent viloyatining ayrim joylarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati ko‘pchillik viloyatlarda +35…+40 daraja atrofida bo‘ladi.

  • Toshkent shahrida: Qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi +38…+40 daraja, kechasi esa +23…+26 darajani tashkil etadi. Sharqiy shamol 3–8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10–12 m/s gacha kuchayishi va poytaxtning ayrim joylarida chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Yakka, 28-iyun

  • Hududlar bo‘ylab: Respublikaning shimoli-g‘arbiy tumanlarida ob-havo beqaror bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ushbu hududlarda kunduzgi harorat +32…+37 daraja atrofida bo‘ladi, Qoraqalpog‘iston shimolida esa harorat +23…+28 darajagacha pasayadi.

  • Anomal issiq: O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi havo harorati ko‘pchilik viloyatlarda +35…+40 daraja, joylarda esa +42 darajagacha ko‘tariladi. Janubiy hududlarda issiq harorat eng yuqori nuqtaga — +43…+44 darajagacha yetadi.

  • Toshkent shahrida: Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati yanada ko‘tarilib, +39…+41 darajaga yetadi. Kechasi esa +23…+26 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi va shaharning ayrim joylarida chang-to‘zon bo‘lishi ehtimoli shanba kunidagi darajada saqlanib qoladi.

Shamol kuchayishi va sel kelish xavfi

Respublika bo‘ylab shamol tezligi 7–12 m/s bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda u 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Shimolda va cho‘l zonalarida shamol tezligi 20–22 m/s gacha yetishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi hamda sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi xavfi bor.