O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

O‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991-yilga nisbatan 9 yilga uzaydi

O‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991-yilga nisbatan 9 yilga uzaydi

Statistika qo‘mitasi 2025-yil yakunlarini e’lon qildi: mamlakatda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichi 75,4 yoshga yetdi.

Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston doimiy aholisining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 2025-yil yakunlariga ko‘ra 75,4 yoshni tashkil etdi.

Ushbu ko‘rsatkich o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 66,4 yoshga teng bo‘lgan 1991-yilgi davr bilan solishtirilganda, mustaqillik yillarida aholi umri o‘rtacha 9 yilga uzayganini ko‘rsatmoqda. Yillar kesimidagi ijobiy o‘sish dinamikasi mamlakatda ijtimoiy-demografik holat yaxshilanayotganidan dalolat beradi.

Yillar bo‘yicha o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining o‘zgarish dinamikasi quyidagicha ko‘rinish olgan:

  • 1991-yil — 66,4 yosh;

  • 1995-yil — 69,1 yosh;

  • 2000-yil — 70,8 yosh;

  • 2005-yil — 71,8 yosh;

  • 2010-yil — 73 yosh;

  • 2015-yil — 73,6 yosh;

  • 2020-yil — 73,4 yosh;

  • 2024-yil — 75,1 yosh;

  • 2025-yil — 75,4 yosh.