So‘nggi:
1-iyuldan O‘zbekistonda pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshiriladiJamiyatO‘zbekiston un eksporti bo‘yicha Qozog‘istondan o‘zib ketdiIqtisodiyotO‘zbekistonda davlat organlari xodimlarini sotib olganlik uchun javobgarlik keskinlashtirildiJamiyatSoliq qo‘mitasi aholining banklardagi omonatlari va pul o‘tkazmalari to‘g‘risida ma’lumot olmoqchiJamiyatJanubiy Koreya sobiq adliya vaziri harbiy to‘ntarishga ko‘maklashgani uchun 25 yilga qamaldiDunyoO‘zbekistonda korrupsiyaga qo‘l urganlar reyestri tuzildiSiyosatO‘zbekistonda chilla davri boshlanmoqda — havo harorati 45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Qatardagi gaz zavodida yuz bergan portlash munosabati bilan amirga ta’ziya bildirdiSiyosatRossiyada migrantlar uchun xalqaro pul o‘tkazmalariga 3 foizlik soliq joriy etilishi mumkinDunyoNasldor chorvani birgacha o‘z hovlisida boqib ko‘paytirayotgan aholiga pul beriladiSiyosat

Xavfsizlik kamarini taqmaslik ruxsati endi my.gov.uz’da beriladi

Xavfsizlik kamarini taqmaslik ruxsati endi my.gov.uz’da beriladi

Endilikda YaIDXP portalida muayyan surunkali kasalliklari tufayli mashinada xavfsizlik kamarini taqish taqiqlangan fuqarolarga tibbiy ma’lumotnomani onlayn rejimda berish yo‘lga qo‘yildi.

Hujjatni rasmiylashtirish jarayoni to‘liq raqamlashtirildi. Buning uchun foydalanuvchi my.gov.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yoki uning smartfondagi ilovasiga kirib, “Ma’lumotnomalar” bo‘limidan tegishli xizmatni faollashtirishi kerak. Portalga hech qanday qo‘shimcha hujjat yuklash talab etilmaydi.

Fuqaro shunchaki shifoxonada tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kifoya. Shifokor tashxisi Sog‘liqni saqlash vazirligining yagona elektron bazasiga kiritilgach, tizim avtomat ravishda QR-kodli rasmiy hujjatni taqdim etadi.

Mazkur raqamli xizmat bepul asosda ko‘rsatiladi va u uzoq vaqt navbatda turish muammosiga chek qo‘yadi. Elektron ma’lumotnomaning amal qilish muddati tibbiy komissiya tomonidan shifokor xulosasida belgilangan vaqtga qarab hisoblanadi.