So‘nggi:
1-iyuldan O‘zbekistonda pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshiriladiJamiyatO‘zbekiston un eksporti bo‘yicha Qozog‘istondan o‘zib ketdiIqtisodiyotO‘zbekistonda davlat organlari xodimlarini sotib olganlik uchun javobgarlik keskinlashtirildiJamiyatSoliq qo‘mitasi aholining banklardagi omonatlari va pul o‘tkazmalari to‘g‘risida ma’lumot olmoqchiJamiyatJanubiy Koreya sobiq adliya vaziri harbiy to‘ntarishga ko‘maklashgani uchun 25 yilga qamaldiDunyoO‘zbekistonda korrupsiyaga qo‘l urganlar reyestri tuzildiSiyosatO‘zbekistonda chilla davri boshlanmoqda — havo harorati 45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Qatardagi gaz zavodida yuz bergan portlash munosabati bilan amirga ta’ziya bildirdiSiyosatRossiyada migrantlar uchun xalqaro pul o‘tkazmalariga 3 foizlik soliq joriy etilishi mumkinDunyoNasldor chorvani birgacha o‘z hovlisida boqib ko‘paytirayotgan aholiga pul beriladiSiyosat

Toshkentda universitet, vazirlik va hokimliklar binolari auksionga qo‘yildi

Toshkentda universitet, vazirlik va hokimliklar binolari auksionga qo‘yildi

Vazirlik va hokimliklar Yangi O‘zbekiston hududiga ko‘chishi munosabati bilan poytaxt markazidagi yirik binolar auksionga qo‘yildi. Nizomiy nomidagi TDPU binosi 886 mlrd so‘mga baholandi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ommaviy sotuvlar vazirlik, idoralar hamda tuman hokimliklarining bosqichma-bosqich barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” hududiga ko‘chib o‘tishi bilan bog‘liqdir. Sotuvga qo‘yilgan barcha ob’yektlarning umumiy boshlang‘ich qiymati qariyb 1 trillion so‘mni tashkil etmoqda.

Lotinlar ichida eng qimmatbaho va strategik ahamiyatga egasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining (TDPU) bosh binosi bo‘lib, uning boshlang‘ich bahosi 886,6 milliard so‘m etib belgilandi.

Shuningdek, ro‘yxatdan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Mehnat vazirligi) hamda Texnik jihatdan tartibga solish agentligining ma’muriy binolari ham o‘rin olgan. Mutaxassislarning fikricha, poytaxtning eng nufuzli nuqtalaridagi ushbu binolar investorlar uchun yirik tijoriy loyihalarni amalga oshirishda qulay imkoniyat yaratadi.

Sotuvga chiqarilgan ob’yektlarning to‘liq ro‘yxati

Ob’yekt nomi Boshlang‘ich narxi (mlrd so‘m)
Nizomiy nomidagi TDPU 886,6
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi 279,8
Mehnat vazirligi 180,0
Shayxontohur tumani hokimligi 101,6
Bektemir tumani hokimligi 40,1