So‘nggi:
Toshkent avtobuslarida konditsionerlarni yoqish bo‘yicha majburiy harorat talabi belgilandiJamiyatMyunxenda ikkita yuk poyezdi to‘qnashib ketdi, vagonlar ko‘prikdan quladiDunyoBekobodda ayolni o‘ldirib, hovliga ko‘mgan erkak 15,5 yilga qamaldiJamiyatO‘zbekiston rapid bo‘yicha jahon chempionatida 8-o‘rinni egalladi, Sindarov Karlsenni yutdiSportYaponiya chet elliklar uchun viza narxini so‘nggi 48 yilda ilk bor besh barobarga oshirmoqdaDunyoDominikandagi kurortda mudhish yong‘in: 1 kishi qurbon bo‘ldi, 1700 sayyoh ko‘chirildiDunyoO‘zbekiston — Kolumbiya o‘yini JChda muxlis tashrifi bo‘yicha rekord o‘rnatdiSportO‘zbekiston TIV AQSH va Eron memorandumini yirik diplomatik yutuq deb baholadiDunyoToshkentda uxlab qolgan yo‘lovchiga tegajog‘lik qilgan taksi haydovchisi 5 sutkaga qamaldiJamiyatO‘zbekiston yerosti boyliklarining umumiy qiymati 3 trln dollarga baholandiSiyosat

Toshkent avtobuslarida konditsionerlarni yoqish bo‘yicha majburiy harorat talabi belgilandi

Toshkent avtobuslarida konditsionerlarni yoqish bo‘yicha majburiy harorat talabi belgilandi

Transport vazirligi brutto-shartnomalar shartlariga rioya etilishini tekshirmoqda. Yozgi mavsum munosabati bilan avtobuslarda yo‘lovchilar uchun qulay haroratni saqlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yangi tartibga ko‘ra, tashqi havo harorati +28°C darajadan yuqori bo‘lganda, barcha avtobus va elektrobuslar salonida havo sovutish tizimlari (konditsionerlar) majburiy ravishda ishlashi shart. Shu bilan birga, salon ichidagi harorat barqaror ravishda +26°C daraja darajasida saqlanishi belgilab qo‘yildi.

Transport vazirining tegishli topshirig‘iga asosan, Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i hamda «Toshshaxartransxizmat» AJ boshqaruvi raisi boshchiligidagi maxsus ishchi guruh yo‘nalishlarda doimiy reydlar o‘tkazmoqda. Ular tizimlarning sozligini va talablar bajarilishini bevosita joyida tekshirmoqda. Eslatib o‘tamiz, poytaxt avtobuslarida konditsionerlarni bosqichma-bosqich ishga tushirish joriy yilning 7-mayidan boshlangan edi.