O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Bekobodda ayolni o‘ldirib, hovliga ko‘mgan erkak 15,5 yilga qamaldi

Bekobodda ayolni o‘ldirib, hovliga ko‘mgan erkak 15,5 yilga qamaldi

Toshkent viloyatida ayolni o‘ldirib, jasadini bir oy davomida hovlisida yashirib kelgan 27 yoshli shaxsga sud hukmi o‘qildi. U uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum etildi.

Tergov hujjatlariga ko‘ra, sudlanuvchi Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali ajrashgan ayol bilan tanishib qolgan. Ma’lum muddatlik virtual muloqotdan so‘ng, ayol voyaga yetmagan o‘g‘li bilan erkakning xonadoniga ko‘chib o‘tgan va ular birga yashay boshlagan. Biroq, erkakning so‘zlariga ko‘ra, marhumaning spirtli ichimliklar hamda psixotrop vositalarga ruju qo‘yganligi sababli oilada tez-tez jiddiy kelishmovchiliklar kelib chiqqan.

2025-yilning 2-dekabridan 3-dekabrga o‘tar kechasi mast holatda bo‘lgan erkak va ayol o‘rtasidagi navbatdagi mojaro fojia bilan tugadi. Uy egasi ayoldan kiyimlarini va bolasini olib, uydan chiqib ketishini talab qilgan, ayol esa qo‘liga pichoq olib qarshilik ko‘rsatgan. Janjal jarayonida erkak uni yuz qismidan qattiq itarib yuborgan, oqibatda ayol boshi bilan betonga yiqilib, voqea joyida vafot etgan.

Erkak o‘z qilmishini yashirish maqsadida orqa hovlida qabr kovlab, jasadni yuvib ko‘mib qo‘ygan. Dalillarni yo‘qotish maqsadida esa qon tekgan kiyimlarni va marhumaning telefon SIM-kartalarini yoqib yuborgan. Oradan qariyb bir oy o‘tib, 2025-yilning 27-dekabr kuni ichki ishlar xodimlari tomonidan jasad qazib olindi. Sud hukmi bilan aybdor shaxs 15 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.