So‘nggi:
Moskva so‘nggi ikki yildagi eng yirik dronlar hujumiga uchradiDunyoO‘zbekistonda narkojinoiyatlar uchun jazo choralari keskin kuchaytirildiJamiyatRossiya Visa va Mastercard kartalarini muomaladan butunlay chiqarib tashlaydiDunyoMirziyoyev Jahon chempionatidagi debyut o‘yindan so‘ng milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatladiJamiyatToshkent viloyatida qiymati 3 mlrd dollarlik yangi xalqaro aeroport quriladiJamiyatO‘zbekiston Yevropa soliq ma’muriyatlari tashkilotining assotsiatsiyalangan a’zosi bo‘ldiSiyosatO‘zbekiston JCH-2026dagi debyut uchrashuvida Kolumbiyaga imkoniyatni boy berdiSportTerma jamoaning JCHdagi o‘yini kuni davlat tashkilotlarida ish soat 10:00 dan boshlanadiJamiyatFrank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldiJamiyatTop-500 OTM bitiruvchilariga NNTlarda ishlaganlik uchun 15 BRVgacha ustama to‘lanadiJamiyat

Mirziyoyev Jahon chempionatidagi debyut o‘yindan so‘ng milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatladi

Mirziyoyev Jahon chempionatidagi debyut o‘yindan so‘ng milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatladi

 Prezident Xorijiy investorlar kengashi yig‘ilishida milliy terma jamoamizning Kolumbiyaga qarshi (1:3) o‘yini haqida gapirib, futbolchilarning kuchli xarakter ko‘rsatganini e’tirof etib qo‘llab-quvvatladi.

Davlatimiz rahbari Jahon chempionatidagi tarixiy ilk uchrashuvida Kolumbiyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasiga dalda berdi. Shavkat Mirziyoyev bu haqda Xorijiy investorlar kengashining yalpi majlisida gapirib o‘tdi.

Prezident juda tajribali raqibga qarshi kechgan bahsda o‘zbekistonlik futbolchilarning ko‘rsatgan matonati va fidoyiligini yuqori baholadi. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, o‘yin murakkab kechganiga qaramay, yigitlar oxirigacha kurashish va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyish eta olishgan.

«Futbolchilarimiz juda tajribali jamoaga qarshi kechgan uchrashuvda kuchli xarakter ko‘rsatishdi. Biz uchun Jahon chempionatidagi birinchi gol — bu ham bir g‘alaba», — dedi Prezident.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning jahon birinchiliklaridagi tarixiy dastlabki goliga uchrashuvning 60-daqiqasida yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayev mualliflik qildi. Startdagi muvaffaqiyatsizlikka qaramay, davlat rahbarining ushbu e’tirofi terma jamoamiz a’zolariga 23-iyun kuni Portugaliyaga qarshi bo‘ladigan hal qiluvchi bahs oldidan qo‘shimcha kuch bag‘ishlashi shubhasiz.