O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Toshkent viloyatida qiymati 3 mlrd dollarlik yangi xalqaro aeroport quriladi

Toshkent viloyatida qiymati 3 mlrd dollarlik yangi xalqaro aeroport quriladi

«Uzbekistan Airports» AJ va Saudiya Arabistonining «Vision International Investment» kompaniyasi O‘rta Chirchiq hamda Quyi Chirchiq tumanlarida yangi aeroport qurish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ma’lum qildi.

Yangi zamonaviy aeroport majmuasi Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlari hududida joylashadi. Mazkur ulkan loyiha 1 310 gektar maydonni qamrab oladi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, loyihaning dastlabki bosqichidayoq qariyb 3 mlrd dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish ko‘zda tutilgan.

Qurilish ishlarini yakunlash va ob’yektni ishga tushirish 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan. Yangi aviahabning barpo etilishi poytaxtning amaldagi aeroporti yuklamasini sezilarli darajada kamaytirish, O‘zbekistonning turizm va tranzit salohiyatini oshirish hamda yo‘lovchilarga xalqaro standartlar darajasida xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.