O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Frank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

Frank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Toshkentga keldi. «Toshkent-Xumo» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov kutib oldi.

Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rafiqasi bilan birgalikda rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. «Toshkent-Xumo» xalqaro aeroportida Germaniya rahbarini O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga ko‘ra, ikki davlat rahbarlarining tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Muzokaralarda asosiy e’tibor o‘zaro amaliy hamkorlikni kengaytirishga qaratiladi. Tomonlar savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika va «yashil» texnologiyalar, transport va logistika, farmatsevtika hamda kimyo tarmoqlari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi loyihalarni muhokama qiladilar. Ta’lim va gumanitar almashinuvlarni faollashtirish, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish ham ko‘zda tutilgan. Uchrashuvlar yakunida bir qator yangi qo‘shma loyiha va dasturlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.