So‘nggi:
Shvetsiyada yomon xulq-atvorga ega immigrantlar mamlakatdan chiqarib yuboriladiDunyoMuddati o‘tgan tovarlarni sotganlik uchun MJTKning 178-moddasi bo‘yicha jarimalar kuchaytiriladiJamiyatO‘zbekistonda yerlarni qonuniylashtirishning yangi tartibi tasdiqlandiJamiyatTurkiyada “O‘zbekiston mahallasi” va Shavkat Mirziyoyev bulvari ochildiJamiyat1-iyuldan yuridik shaxslar uchun yagona QR-kod majburiy bo‘ladiIqtisodiyotO‘zbekistonda nobud bo‘lgan hayvonlar jasadini krematsiya qilish tartibi tasdiqlandiJamiyatO‘zbekistonning g‘arbiy hududlaridagi chigirtkalar yoprilishi nazoratga olindiJamiyatO‘zbekistonning JCh-2026 dagi o‘yinlari Toshkentdagi katta ekranlarda ko‘rsatiladiSportQatarlik futbolchi JChdagi tarixiy goli uchun 3 mln dollar va Rolls-Royce bilan taqdirlanadiSportShavkat Mirziyoyev Si Szinpinni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladiSiyosat

O‘zbekistonda yerlarni qonuniylashtirishning yangi tartibi tasdiqlandi

O‘zbekistonda yerlarni qonuniylashtirishning yangi tartibi tasdiqlandi

O‘zbekistonda o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni qonuniylashtirishning muddati 3 barobarga qisqartirildi. Uy-joy egalariga yerda foydalanish huquqi 99 yilga beriladi.

Yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik BHMning 30 barobarigacha, ya’ni 12,36 million so‘mgacha bo‘lgan taqdirda ham yerga bo‘lgan huquqni rasmiylashtirishga ruxsat berildi. Shu bilan birga, 2020-yil yanvaridan 2024-yil iyunigacha bo‘lgan davr uchun hisoblangan oshirilgan soliq stavkalari bekor qilinadi.

Yakka tartibdagi uy-joy egalari uchun qo‘shimcha kafolat belgilandi: ijobiy qaror qabul qilinganda yer uchastkasidan foydalanish huquqi 99 yil muddatga rasmiylashtiriladi. Boshqa toifadagi yerlar uchun ijara muddati 49 yilni tashkil etadi.

Shaxsiy uy hujjatida ko‘rsatilganidan ortiqcha egallangan yerlarni qonuniylashtirish tizimi ham o‘zgaradi. Endilikda yerning bozor qiymatiga bog‘lanish o‘rniga, uchastkaning qayerda joylashganidan qat’i nazar, qat’iy belgilangan to‘lov joriy etiladi.

Agar o‘zboshimchalik bilan egallangan yerning bir qismi qurilish taqiqlangan hududga to‘g‘ri kelsa, kadastr organlari arizani butunlay rad etmaydi. Ular yerning muammoli qismini chiqarib tashlab, qolgan xavfsiz hududiga bo‘lgan huquqni rasmiylashtirishi mumkin. Binolar qurilgan muddatni aniq tasdiqlash uchun kosmik suratlardan foydalanish tartibi takomillashtiriladi. Shuningdek, yerga bo‘lgan huquqni tan olish rad etilgan taqdirda, qaror ustidan sudgacha shikoyat qilish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, arizalarni ko‘rib chiqish muddati 150 ish kunidan 50 ish kuniga qisqartirildi. Bir martalik to‘lovning yarmini 20 ish kunida to‘laganlar qolgan qismiga 50 foizlik chegirma oladi va to‘lovni 3 yilgacha bo‘lib to‘lash imkoniga ega bo‘ladi.