So‘nggi:
Samarqandda Rossiyada mehnat faoliyatini yuritmoqchi bo‘lganlar uchun test markazi tashkil etiladiSiyosatFransiya o‘zbekistonliklarni mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga taklif etmoqdaJamiyatDavlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish qoidalari mutlaqo yangi tizimga o‘tkazildiJamiyatSenat korrupsiyaga qo‘l urganlar uchun muddatidan ilgari shartli ozod qilinishni cheklashni ma’qulladiJamiyatShavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni parlament saylovlaridagi g‘alaba bilan qutladiSiyosatXalqaro forum sababli poytaxtda transport harakati o‘zgaradi va yuk mashinalariga taqiq qo‘yiladiJamiyatToshkentda issiqlik ta’minoti uchun oldindan to‘lov imtiyozi 2 oygacha qisqartirildiJamiyatToshkentning Yakkasaroy tumanida ko‘p qavatli uyning fasadi yonib ketdiJamiyatO‘zbekistonda eskrou tizimi sabab uy va mashina bozori keskin “sovidi”JamiyatO‘zbekistonda shaxsiy mashinalarni sug‘urtalash narxi keskin qimmatlashdiJamiyat

Fransiya o‘zbekistonliklarni mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga taklif etmoqda

Fransiya o‘zbekistonliklarni mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga taklif etmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Fransiya dalalarida meva-sabzavot terimi bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun qabul boshlanganini e’lon qildi. Nomzodlardan fransuz tilini bilish talab etiladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ishchilar Fransiyaning Men va Luara hamda Rona mintaqalaridagi dalalarda meva va sabzavotlar yig‘im-terimi bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Rejaga muvofiq, meva plantatsiyalaridagi ishlar joriy yilning 17-avgustidan, sabzavotchilik yo‘nalishidagi mavsum esa 1-oktabrdan start oladi.

Xorijiy ish beruvchilar tomonidan nomzodlarga qat’iy talablar qo‘yilgan. Dasturda ishtirok etish uchun 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan, muqaddam sudlanmagan hamda agrarsohada kamida uch yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan erkaklar va ayollar ariza topshirishlari mumkin. Bundan tashqari, da’vogarlardan fransuz tilini kamida so‘zlashuv darajasida bilish talab qilinadi. Saralash bosqichlari fransuz tomoni vakillari tomonidan onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Mavsumiy ishchilarning oylik ish haqi barcha soliqlar ushlab qolingandan keyin (sof holatda) 1650 yevroni tashkil etadi. Biroq shartnomada bir qator xarajatlar xodimning o‘z zimmasida ekani ko‘rsatilgan: bularga viza to‘lovi (99 yevro va viza markazi xizmati), aviachipta, oziq-ovqat hamda oyiga taxminan 275 yevroga tushadigan yashash joyi va transport xarajatlari kiradi.

Aviachipta va viza uchun sarflangan mablag‘larning bir qismi ishchi Fransiyada rasmiy mehnat faoliyatini boshlaganidan so‘ng Migratsiya agentligi tomonidan kompensatsiya qilib beriladi. Ariza topshirish muddati 20-iyungacha etib belgilangan.