Toshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyat

Senat korrupsiyaga qo‘l urganlar uchun muddatidan ilgari shartli ozod qilinishni cheklashni ma’qulladi

Senat korrupsiyaga qo‘l urganlar uchun muddatidan ilgari shartli ozod qilinishni cheklashni ma’qulladi

Oliy Majlis Senati korrupsion jinoyatlar uchun jazo choralarini keskinlashtiruvchi qonunni tasdiqladi. Endilikda korrupsiyaga qo‘l urganlar uchun muddatidan ilgari shartli ozod qilinishni cheklashni ma’qulladi

Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tubdan kuchaytirishga qaratilgan yangi qonun loyihasi ma’qullandi. Mazkur hujjat bilan korrupsiyaviy qilmishlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jazolarning muqarrarligini ta’minlash maqsadida, ularni jazoni o‘tash muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish (U DO) tartibiga qat’iy cheklovlar o‘rnatilmoqda.

Yangi o‘zgarishlarga ko‘ra, Jinoyat kodeksiga ilk bor “korrupsiyaviy jinoyatlar” tushunchasi hamda bunday qilmishlar hisoblanuvchi moddalarning aniq ro‘yxati kiritilmoqda. Bu orqali qonunchilikdagi noaniqliklarga barham berilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, davlat mablag‘lari va mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq boshqa choralarda ham javobgarlik choralari og‘irlashtirilmoqda.

Xususan, xizmat mavqeyidan foydalangan holda firgarlik qilish jinoyati endilikda o‘ta og‘ir jinoyatlar toifasiga o‘tkaziladi va ushbu qilmish uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, nodavlat tashkilot xizmatchilarini sotib olish (pora berish) uchun ham choralar kuchaytirildi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda esa davlat xaridlari hamda budjet tizimidagi qonunbuzilishlar uchun sanksiyalar yanada qat’iylashtirildi.