Toshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyat

Xalqaro forum sababli poytaxtda transport harakati o‘zgaradi va yuk mashinalariga taqiq qo‘yiladi

Xalqaro forum sababli poytaxtda transport harakati o‘zgaradi va yuk mashinalariga taqiq qo‘yiladi

16–18-iyun kunlari Toshkentda beshinchi xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan bir qator yirik ko‘chalar yopilib, og‘ir vaznli yuk transportlarga taqiq qo‘yiladi

Joriy yilning 16-iyunidan 18-iyuniga qadar Toshkent shahrida beshinchi xalqaro investitsiya forumi o‘tkazilishi munosabati bilan shahar ko‘chalarida transport oqimi vaqtincha cheklanadi. Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, yirik xalqaro tadbir davomida xavfsizlik choralarini yuqori darajada ta’minlash maqsadida poytaxtning bir nechta asosiy yo‘nalishlarida avtotransport vositalarining harakati to‘xtatiladi.

Taqiqlovchi choralar quyidagi yo‘l qismlariga daxldor bo‘ladi:

  • Islom Karimov ko‘chasining Sharaf Rashidov va Furqat ko‘chalari bilan kesishgan oraliqdagi qismi;

  • Yangi O‘zbekiston ko‘chasi — Mahtumquli va Temur Malik ko‘chalari chorrahasidagi ko‘prikdan (beldan) Istiqlol ko‘chasi bilan kesishmagacha bo‘lgan masofa;

  • Islom sivilizatsiyasi markazi atrofidagi hududlar — Sharaf Rashidov va Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasidan boshlanib, Abdulla Qodiriy va Qorasaroy ko‘chalari orqali Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘nalish.

Shuningdek, forum o‘tkaziladigan uch kun davomida og‘ir vaznli yuk avtotransport vositalarining Toshkent shahriga kirishi butunlay to‘xtatiladi va ularning harakati Toshkent viloyatining aylanma yo‘llariga yo‘naltiriladi.

Oddiy haydovchilar uchun muqobil aylanib o‘tish chizmalari ishlab chiqilgan bo‘lib, yopiq ko‘chalardan o‘tish huquqi faqat maxsus xizmat (tez yordam, o‘t o‘chirish, IIB) xizmat mashinalarigagina beriladi. Shuningdek, yo‘lovchilardan harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish so‘ralgan.