Toshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyat

Toshkentda issiqlik ta’minoti uchun oldindan to‘lov imtiyozi 2 oygacha qisqartirildi

Toshkentda issiqlik ta’minoti uchun oldindan to‘lov imtiyozi 2 oygacha qisqartirildi

Veolia Energy issiqlik ta’minoti uchun oldindan to‘lov qilish tartibi o‘zgarganini ma’lum qildi. Endilikda tarif oshishidan oldin bir yillik to‘lov qilib, eski narxni saqlab qolish imkoni bo‘lmaydi.

Vazirlar Mahkamasining ko‘p qavatli uylarda issiqlik ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga kiritgan tuzatishlariga muvofiq, tariflar oshgan taqdirda eski narxni saqlab qolish imkonini beruvchi imtiyozli muddat keskin qisqartirildi.

Yangi tartibga ko‘ra, iste’molchi oldindan to‘lov amalga oshirgan sanada amalda bo‘lgan tarif faqat keyingi ikki oy davomida xizmat ko‘rsatilgan hajm uchun amal qiladi. Ilgari ushbu muddat 12 oyni tashkil etar edi. Agar ushbu ikki oylik muddat ichida isitish va issiq suv tariflari ko‘tarilsa, oldindan to‘langan hajm uchun qayta hisob-kitob qilinmaydi va iste’molchi eski narxda to‘lagan hisoblanadi.

Biroq, ikki oylik muddat yakunlangach, keyingi barcha hisob-kitoblar va qolgan qarzlar o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan yangi tariflar asosida hisoblanadi. Shunday qilib, toshkentliklar endi tariflar oshishidan himoyalanish maqsadida bir yil oldindan pul to‘lab, eski narxni saqlab qola olmaydilar. Kompaniya ushbu o‘zgarishlar markazlashgan isitish va issiq suv ta’minotiga taalluqli ekanini eslatib, aholini xarajatlarni rejalashtirishda yangi qoidalarni hisobga olishga chaqirdi.