Toshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosat

O‘zbekistonda shaxsiy mashinalarni sug‘urtalash narxi keskin qimmatlashdi

O‘zbekistonda shaxsiy mashinalarni sug‘urtalash narxi keskin qimmatlashdi

Markaziy bank 2026-yil may oyi uchun xizmatlar sohasi statistikasini e’lon qildi. Shaxsiy transportni sug‘urtalash narxi yil davomida 281,8 foizga oshgan. Shuningdek, chiqindi va suv tariflari ham ko‘tarilgan.

Markaziy bankning hisobotiga ko‘ra, ushbu yo‘nalishdagi narxlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan birdaniga 281,8 foizga oshgan va xizmatlar sohasidagi o‘sish bo‘yicha mutloq yetakchiga aylangan.

Sug‘urtadan tashqari, aholi uchun boshqa bir qator xizmatlar narxi ham sezilarli darajada oshgan. Xususan, trolleybus yo‘l haqi biletlari ikki barobarga (+100%), maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmati 28 foizga, haydovchilik maktablarida o‘qish 22,9 foizga hamda sovuq suv ta’minoti tariflari 22,4 foizga ko‘tarilgan.

Shu bilan birga, tahlillar ayrim ommabop xizmatlar arzonlashganini ham ko‘rsatdi. Xalqaro aviaqatnovlar chiptalari narxi 7,7 foizga, ichki reyslar 4 foizga, pul o‘tkazmalari uchun undiriladigan komissiya to‘lovlari esa 7,6 foizga pastlagan. Nodavlat oliy ta’lim muassasalarida o‘qish shartnoma pullari 0,5 foizga, mikroqarz xizmatlari esa 0,02 foizga kamaygan. Umuman olganda, mamlakatda xizmatlar inflyatsiyasi barqaror darajada qolmoqda: iste’mol narxlari indeksi savatchasiga kiruvchi 98 ta xizmat turidan 75 tasida (ya’ni 77 foizida) yillik narx o‘sishi 10 foizlik ko‘rsatkichdan oshmagan.