So‘nggi:
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik ishlari ayol tergovchilarga topshiriladiDunyoO‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 uchun formasi eng yomonlar reytingiga kiritildiSportJizzaxda attraksion qulab tushishi oqibatida to‘rt kishi jarohatlandiJamiyatQashqadaryoda bog‘chaning beparvoligi sabab 3 yoshli bola mashina ichida dimqib vafot etdiJamiyatSadriddin Turdiyev Kadastr agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandiSiyosatO‘zbekistonda yangi renovatsiya qonuni doirasida 17 mingta uy buzilishga tushishi mumkinJamiyatJCH-2026 taqvimi e’lon qilindi: barcha o‘yinlarning to‘liq jadvaliSportO‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab kasallik varaqalari bo‘yicha haq to‘lash tizimi o‘zgaradiIqtisodiyotO‘zbekiston turizm o‘sishi bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatlar top-10 taligiga kirdiJamiyat“Chinor” metro bekati rekonstruksiya sababli ikki oyga yopiladiJamiyat

Qashqadaryoda bog‘chaning beparvoligi sabab 3 yoshli bola mashina ichida dimqib vafot etdi

Qashqadaryoda bog‘chaning beparvoligi sabab 3 yoshli bola mashina ichida dimqib vafot etdi

Qashqadaryoda bog‘chaning beparvoligi sabab 3 yoshli bola vafot etdi. Bolani qulflangan avtomobilda unutib qoldirishgan, holat yuzasidan jinoiy ish ochilib, haydovchi qo‘lga olindi.

Voqea 4-iyun kuni Kasbi tumani “Zafar” mahallasida joylashgan, YaTT “O. A.”ga qarashli oilaviy nodavlat bog‘chada sodir bo‘lgan. 3 yoshli tarbiyalanuvchi xodimlarning e’tiborsizligi oqibatida avtomobil salonida qolib ketgan va issiq havo hamda havo yetishmasligi natijasida vafot etgan.

Vazirlik rasmiylarining bildirishicha, mazkur bog‘cha rahbariyati bolalarni transportda tashish xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bo‘yicha avval ham bir necha bor ogohlantirilgan. Biroq talablarga amal qilinmagani sababli fojia yuz bergan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov doirasida gumonlanuvchi tariqasida avtomobil haydovchisi hibsga olingan.

Shuningdek, tadbirkor bilan tuzilgan shartnoma vazirlik tomonidan bekor qilindi. Vazirlik mutasaddilari fojiaga aloqador barcha shaxslarga qat’iy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, ota-onalar farzandlarining bog‘chaga borib-kelish xavfsizligini shaxsan nazorat qilishga va ularning hayotiga befarq bo‘lmaslikka chaqirildi.