So‘nggi:
Putin oilasini ta’minlay olmagan migrantlar Rossiyani tark etishini nazarda tutuvchi qonunni imzoladiDunyoToshkentdagi bekatda 32 yoshli kuryer o‘zini osib o‘ldirdiJamiyatYevro banknotlarining yangi dizayn variantlari namoyish etildiDunyoBangladesh prezidenti xastalik sabab muddatidan ikki yil avval iste’foga chiqdiDunyo«Manchester Siti» Abduqodir Xusanov bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdiSportQashqadaryoda itni avtomobilga bog‘lab sudragan haydovchiga nisbatan ish sudga oshirildiJamiyatToshkent viloyatida Lacetti daraxtga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldiJamiyatMarkaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda — BMTDunyoO‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyat

“Chinor” metro bekati rekonstruksiya sababli ikki oyga yopiladi

“Chinor” metro bekati rekonstruksiya sababli ikki oyga yopiladi

“Toshkent metropoliteni” DUK 13-iyundan boshlab “Chinor” bekatini yo‘lovchilar uchun vaqtincha yopadi. 50 kun davomida bu yerda liftlar va qo‘shimcha turniketlar o‘rnatiladi.

Loyiha doirasida bekatda tubdan qayta qurish ishlari bajarilishi rejalashtirilgan. Xususan, bekatning kirish va chiqish hududlari kengaytiriladi hamda tirbandliklarning oldini olish uchun qo‘shimcha 12 ta zamonaviy turniket o‘rnatiladi.

Shuningdek, imkoniyati cheklangan shaxslar, keksalar va yosh bolali yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida bekatda 4 ta zamonaviy lift montaj qilinishi ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, qurilish va ta’mirlash ishlarini yakunlash uchun 50 kun talab etiladi. Yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirmaslik maqsadida “Chinor” va “Yangi hayot” (sobiq 4-bekat) bekatlari o‘rtasida maxsus metrobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Ular tasdiqlangan grafik asosida poyezdlar harakatiga muvofiq ravishda qatnaydi.